Gorn (cholgʻu asbobi)
Qiyofa
Gorn (nem. Horn — shox) — mis puflama musiqa cholgʻusi, ventil (maxsus mexanizm)siz truba. Fanfara, askar burgʻuchasi kabi turlari mavjud. Jarchi soz boʻlib, XX asrda ham butun dunyo (shu jumladan, Oʻzbekiston) harbiy qoʻshinlarida, oʻspirin yoshlar (chet elda — skaut, sobiq Ittifoqda — pioner) jamoalarida keng qoʻllangan. G. negizida byugelgorn, saksgorn singari puflama sozlar yuzaga kelgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |