Kontent qismiga oʻtish

Ertuğrul Gazi masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Ertuğrul Gazi masjidi
turkmancha: Ärtogrul Gazy Metjidi
Mamlakat Turkmaniston
Yoʻnalishisunniy
Meʼmoriy uslubIslom meʼmorchiligi
MeʼmorHilmi Şenalp
Binokorlik sanasi1998 yil
Minoralar soni4
Minoralar soni4
Qurilish materialimarmar
Holatiamaldagi

Ertuğrul Gazi masjidi yoki Ärtogrul Gazy masjidi Turkmanistonning Ashxobod shahrida joylashgan. Toʻrtta minora va markaziy gumbazga ega boʻlgan ushbu masjid Ashxobodning eng koʻzga koʻringan diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib, nozik vitraj oynalari bilan bilan bezalgan hashamdor ichki bezaklarga ega.

1990-yilda Turkmaniston mustaqillikka erishgach, 1998-yilda Ertuğrul Gazi masjidi ochiladi. Masjid Usmonli imperiyasining asoschisi hisoblanmish Usmon I ning otasi Ertoʻgʻrul nomi bilan atalib, meʼmor Hilmi Şenalp tomonidan qurilgan[1].

Ushbu masjid qurilishi jarayonlarida tasodifiy ravishda koʻngilsizliklar roʻy beradi va bir nechta oʻlimlar sodir boʻladi. Aynan shu sababdan ham odamlar orasida masjid laʼnatlangan degan fikrlar paydo boʻladi[2].

Ertuğrul Gazi masjidi asosan oq marmardan bunyod etilgan boʻlib, bino Istanbulning Ahmadiya masjidini eslatadi. Masjid bir vaqtning oʻzida 5000 nafargacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi.

  1. ↑ Rizvi, Kishwar. The Transnational Mosque: Architecture and Historical Memory in the Contemporary Middle East (en). University of North Carolina Press, 2015 — 61–65-bet. ISBN 978-1-4696-2117-3. Qaraldi: 2020-yil 15-may. 
  2. ↑ Proudman, Simon. Turkmenistan: Far Flung Places Travel Guide (en). Far Flung Places, 2017 — 116–117-bet. ISBN 978-1-5466-7840-3. Qaraldi: 2020-yil 15-may.