Eros (sevgi xudosi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eros Farnese MAN Napoli 6353.jpg
Eros haykali. Napoli

Eros Yunon afsonalariga koʻra sevgi, jinsiy aloqa va shahvat xudosi hisoblanadi. Baʼzan haqiqatning ramzi sifatida tasvir etilgan Eros, Erotik soʻzining yaratilishiga asos boʻladi.[1] Eros odatda Afrodit bilan birga eslab oʻtiladi. Va Dionysus kabi baʼzan unga Eleutherios (yaʼni xaloskor) sifatida ham qaraladi.[2] Qadimgi Yunonlarning diniy qarashlariga koʻra Afrodita ayollarning erkaklarga boʻlgan muhabbatini ramzi boʻlsa, Eros erkaklarning ayollarga boʻlgan sevgisining ramzi sanaladi. Hesiodning asarlaridan kelib chiqqan xulosaga koʻra Eros Khaos, Gaia va Tartarusdan soʻng toʻrtinchi boʻlib dunyoga keladi. Baʼzi manbalarda Ares va Afroditning oʻgʻli sifatida qayd qilinadi. Eros faqatgina sevgi va jinsiy shahvatning xudosi boʻlmasdan, abadiy davom etadigan ko'payish — yaratuvchilik xudosi sifatida ham qabul qilinadi.[3]

Hikoyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eros va sevgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi yunon tilida sevgi uchun ishlatilgan toʻrtta alohida soʻzlar mavjud edi: Agape, Philia, Storge va Eros. „Storge“ oila sevgisini, „philia“ doʻst sevgisini, „agape“ haqiqiy ishqni, „eros“ esa ehtirosli sevgini ifodalaydi. „Eros“(Eρως)ning „agape“dan farqi, birinchi koʻrgandayoq yuz bergan sevgini, qarshisidagi tanaga qovushish uchun qattiq istakni ifodalaydi. Erotik soʻzining ildizi ham shunga borib taqaladi. Antik yunon tasviriy sanʼatida foydalanib kelingan Lir, Fleyta(nay), xoʻroz va delfinlar Erosning ramzi sifatida tasvir etiladi. Eros qoʻlidagi oʻq va yoy(sevgi iztirobi) va baʼzan mash’alasi(Yoquvchi ishq) orqali nafaqat insonlarning, balki, xudolarning ham qalbida ishq olovini yoqa oladi.

Eros va Afrodita[tahrir | manbasini tahrirlash]

Primavera (late 1470s or early 1480s) by Sandro Botticelli
Sandro Botticellining „Primavere“ asaridagi Afrodita va Eros tasviri. 1480-yil

Eros o'z onasi Afroditaga qattiq bogʻlanib qolgan edi. Rivoyat qilinishicha Erosni bolaligida bir ari chaqib oladi. Joni qattiq ogʻrigan Eros onasining yoniga borib: „Qanday qilib bu qadar kichik bir arining chaqqani shunchalar ogʻrishi mumkin?“ deb soʻraydi. Afrodita esa: „Sen hali judayam kichkinasan, oʻgʻlim. Ammo sen ham otgan oʻqing yordamida barchaning jonini ogʻritmayapsanmi?“ deb javob beradi.

Eros va Psyche[tahrir | manbasini tahrirlash]

François Gérard tomonidan yaratilgan „Eros va Psyche“ asari. 1789-yil

Afsonalarga koʻra Psyche(ruh), nomaʼlum bir oʻlkada yashaydigan, tengsiz goʻzallik sohibasi boʻlgan bir malikadir. Psyche shunchalar goʻzalki, uni bir marotaba koʻrgan odam sevgi ilohasi Afroditani tan olmay qoʻyadi. Afroditaning bu holatdan qattiq jahli chiqadi. Shundan soʻng oʻgʻli Erosga Psycheni dunyodagi eng tasqara odamga oshiq qilib qoʻyishini soʻraydi. Ammo Eros Psychening yoniga borgandan soʻng unga oʻzi ham oshiq boʻlib qoladi. „Gʻarb shamoli“ xudosi hisoblangan Zephyros yordamida qizni olib qochadi va uni bir saroyga yashirib qoʻyadi. Insonlar xudolarning yuzini koʻrishi taʼqiqlangani tufayli Eros qizga yuzini koʻrsatmaydi. shuning uchun ham ular doim qorongʻu xonada birga boʻlib kelishadi. Kunlarning birida Psyche Erosdan singillari bilan uchrashtirishini iltimos qilib, ularni qattiq sogʻinganini aytadi. Saroyga kelgan Psychening singillari opasining ulkan va chiroyli saroyda, baxtli hayot yashayotganini koʻrib, unga hasad qilishadi. Shundan soʻng Pyschega bir kohinning opalari haqidagi bashoratini aytib berishadi. Bashoratda aytilishicha Pysche bir maxluqga turmushga chiqishi kerak edi. Buni eshitgan Pysche qattiq xavotirga tushadi. Va erining yuzini koʻrmoqchi boʻladi. Bir kecha uxlayotgan Erosning yuziga fonus tutadi. Ammo ne koʻz bilan koʻrsinki, yonida uxlayotgan mahluq emas, dunyoning eng kelishgan yigiti — Eros edi. Yigitning yuziga uzoq tikilib qolgan Pysche fonusdagi bir necha tomchi yogʻning yigitning ustiga tushganini sezmay qoladi. Eros uygʻonib qoladi va unga xiyonat qilishganini darrov fahmlaydi. Soʻngra hech narsa demasdan chiqib ketadi. Dunyoning toʻrt tarafidan sevgilisini qidirib chiqqan bechora qiz- Pysche nihoyat bu masalada Afrodita bilan maslahaatlashishi kerakligini tushunib yetadi. Afrodita esa qizga bajarishning imkoni boʻlmagan topshiriqlar beradi. Hatto „Oʻliklar vodiysi“ga borib kelish uchun yuboradi. Ammo Pysche bu toʻrt topshiriqning barchasini muvaffaqiyatli ravishda bajaradi. Shundan soʻng Eros(sevgi) va Pysche(ruh)ning barcha xudolar ishtirokidagi tantanali toʻyi boʻlib oʻtadi va sevishganlar abadiy birga boʻlishadi. Eros va Psychening turmushidan „Hedone“ (lazzat yoki zavq) ismli qiz dunyoga keladi.

Eros va Kronos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi rivoyatlarga koʻra Knosos Zevsni yeyish uchun reja tuzadi. Bundan xabar topgan Eros Zevsni xabardor qilish uchun yoʻlga chiqadi. Ammo Kronos uni tutib oladi va qanotlarini kesib tashlaydi.[4]

Tasviriy sanʼat va haykaltaroshlikda Eros[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. R. S. P. Beekes, Etymological Dictionary of Greek, Brill, 2009, p. 449.
  2. Mikalson, Jon D.. The Sacred and Civil Calendar of the Athenian Year. Princeton University Press, 2015 — 186 bet. ISBN 9781400870325. 
  3. "Eros", in S. Hornblower and A. Spawforth, eds., The Oxford Classical Dictionary.
  4. Özcan, Türkmen [Yunan Aşk Tanrısı Eros „Yunan mitiolojisi“]. https://www.dergibursa.com.tr/eros/. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.

Qoʻshimcha adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]