Enaxon Siddiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Enaxon Siddiqova
Enaxon Siddiqova.jpg
Tavalludi 28-avgust 1954-yil
Vafoti 13-yanvar 2023-yil(2023-01-13)
(68 yoshda)
Fargʻona shahri, Fargʼona viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Oʻqituvchi, shoir
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq shoiri (medali).jpg Dustlik rib.png

Enaxon Siddiqova (1954-yil 28-avgust, Oltiariq tumani, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 13-yanvar, Fargʻona, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Enaxon Siddiqova 1954-yili Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan[1]. 1976-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. 1976—1996-yillar davomida Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida o‘zbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, maktab direktori, 1996-yil Oʻzbekiston XDP Fargʻona tumani ikkinchi kotibi, 1990—1997-yillar „Fargʻona haqiqati“, „Ferganskaya pravda“ gazetasi muxbiri, 1997—2001-yillar Fargʻona viloyati hokimligi xodimi[2], 2001—2023-yillari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, „Qalb sadosi“ haftalik gazetasining bosh muharriri lavozimlarida ishlagan[1]. 2013—2023-yillarda Enaxon Siddiqova Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 2015—2023-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan[3].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Enaxon Siddiqova 2023-yil 13-yanvarda 68 yoshida vafot etgan[4].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Enaxon Siddiqova ijodiy faoliyati 1977-yildan boshlagan[5]. Siddiqova „Sumanbar nasim“, „Qorakoʻz turnalar“, „Koʻngilim ufqlari“, „Ishq ifori“, „Sirli tun faryozdi“, „Tibbiyot fidoyilari“, „Xaloskorlik“, „Qizoyimlarga kelinlik saboqlari“, „Eʼzozli ayollar“, „Soʻz ustidagi dunyo“, „Ona haqida qoʻshiq“, „Barxanlarda ungan gul“ kabi kitoblar muallifidir[1][6].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Enaxon Siddiqova „Eng ulugʻ,eng aziz“ tanlovining respublika bosqichida gʻoliblikka erishgan. 2004-yil „Doʻstlik“, 2009-yil „El-yurt hurmati“ ordeni, 2016-yil „Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri“ unvoni[5], 2018-yilda Farg‘ona davlat universitetining faxriy professori unvoni[2] bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafoti munosabati bilan hamdardlik“ (14-yanvar 2023-yil). 14-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „O‘zbekiston xalq shoiri, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi“ (14-yanvar 2023-yil). 14-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2023-yil.
  3. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  4. „Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafot etdi“ (13-yanvar 2023-yil). 13-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2023-yil.
  5. 5,0 5,1 Enaxon Siddiqova (1954)
  6. „Shoira Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi“ (13-yanvar 2023-yil). 13-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2023-yil.