Ferganskaya pravda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ferganskaya pravda ("Fargʻona haqiqati") — Fargʻona viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasi. Rus tilida haftada 5-marta ch i kadi, Dastlab "Znamya svobodi" ("Erk bayrogʻi"), "Shit naroda" ("Xalq qalqoni"), "Izvestiya" ("Axborot"), "Proletarskaya misl" ("Proletar fikri"), "Krasnaya Fergana" ("Kizil Fargʻona"), "Sovetskoye slovo" ("Sovet soʻzi"), "Znamya truda" ("Mehnat bayrogʻi") nomlarida nashr etilgan. 1938-yildan hozirgi nomda. Gazetaga turli davrlarda G. Pavlyuchenko, G. Vershinin, F. Doronin, B. Renev, A. Alyabyev va boshqa muxarrirlik qilishgan. 1993-yil 9-noyabrda "Ferganskaya pravda" tahririyati "Fargʻona haqiqati" gazeta tahririyatiga qoʻshildi. Gazeta viloyatda olib borilayotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni keng yoritib boradi. Adadi 3 mingga yaqin (2004).