Ella Toone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ella Toone
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ella Ann Toone[1]
Tavallud sanasi 2-sentyabr 1999-yil (1999-09-02) (24 yosh)
Tavallud joyi Tyldesley, Angliya
Boʻyi 1.63m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2007 Astley & Tyldesley FC
2007—2013 Manchester United
2013—2016 Blackburn Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 Blackburn Rovers 20 (13)
2016—2018 Manchester City 5 (0)
2018– Manchester United 77 (31)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Angliya U-17 12 (4)
2017—2018 Angliya U-19 6 (5)
2019 Angliya U-21 13 (2)
2021– Angliya 13 (10)
2021– Buyuk Britaniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12 aprel 2022 uchun)

Ella Ann Toone (1999-yil 2-sentabrda tugʻilgan) - ingliz futbolchisi, FA WSL Manchester United klubi va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

U ilk bora Manchester City va Blekbern Rovers klublarida oʻynagan bundan tashqari Angliyaning 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 21 yoshgacha hamda terma jamoalarida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

AngliyaManchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toone 2016-yilning yozida Blekbern Rovers dan Manchester City ga kelib qoʻshilgan, u avvalroq Manchester Unitedning yoshlar jamoasida olti yil toʻp surgan. U Milliy ligada Blekbern bilan ikki tomonlama roʻyxatdan oʻtish shartlari bilan oʻynashni davom ettirdi[2]. 2016-yilning iyul oyida u Manchester Citydagi debyutini Qitʼa kubogida Aston Villa ga qarshi oʻyinda (8:0) zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi[3].

U 2018-yil may oyida FA tomonidan Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasiga toʻrt kishi bilan bir qatorda nomzod boʻldi, natijada bu mukofot Bet Midga nasib qildi[4][5].

AngliyaManchester United[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toone (o'rtada) 2019-yilda Manchester Unitedda Brayton va Xouv Albionga qarshi o'yinda.

2018-yil iyul oyida Toone 2018-19-yilgi mavsumda Angliya ayollar chempionatidagi Manchester Yunayted jamoasiga qoʻshildi, bu klubda yoshlar darajasida oʻynab, kattalar safiga qaytgan yetti nafar futbolchidan biri boʻldi[6] U 19-avgust kuni Liverpul ga qarshi Liga kubogidagi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlimida Molli Grinning oʻrniga maydonga tushib Manchester United safida debyut uchrashuvini oʻtkazgan[7]. 9-sentabr kuni u ligadagi debyutida Unitedning 2018-19-yilgi mavsumdagi birinchi oʻyinida Aston Villa mehmoni boʻlib, 12:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. U 2019-yil fevral oyining ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, u Unitedning ikki liga oʻyinida beshta gol urdi va shulardan toʻrttasini 13-fevral kuni Lester City darvozasiga kiritdi.

2019-20-yilgi mavsumda Toone Liga kubogi guruh bosqichi oʻyinida beshta gol urdi. Bundan tashqari United tarkibida 2019-yil 21-noyabrda Lester Cityni 11:1 hisobida magʻlub etib, oʻtgan mavsumda Jessika Sigsvort oʻrnatgan klub rekordini takrorladi[8].

2020-21-yilgi mavsum oldidan Toone yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. Toone mavsumni barcha musobaqalarda 10 ta gol bilan Unitedning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.

2021-yilning 20-noyabrida Toone 2025-yilning iyunigacha yangi shartnoma imzoladi[10].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tune 2016-yilda Iordaniyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliya safida oʻynadi[11].

2017-yilning 17-oktabr kuni Toone 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati saralash bosqichi doirasida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va 9:0 hisobida qozonilgan gʻalabali uchrashuvda ikkita gol urdi[12]. Angliya saralash bosqichida 5 ochko toʻpladi, bu natija bilan Angliya elit-raundda Germaniyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[13][14].

2018-yil iyun oyida Toone FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasitarkibiga nomzod boʻlgan 35 oʻyinchidan biri edi, biroq jarohati tufayli musobaqda qatnasha olmadi[15][16].

Kattalar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil sentabr oyida Toone Sent-Jorjdagi 30 oʻyinchidan iborat yigʻin doirasida oʻzining birinchi kattalar terma jamoasiga chaqiruv oldi[17][18]. U terma jamoadagi debyutini 2021-yil 23-fevralda ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushdi va Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (6:0) penaltini aniq amalga oshirdi[19][20].U 2021-yil 26-oktabr kuni 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Latviyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan[21]. 2022-yil iyun oyida Toone UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 uchun terma jamoa roʻyhatiga kiritildi.[22]

Buyuk Britaniya Olimpiadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil may oyida Toone Tokio-2020 Olimpiadasining kechiktirilgan toʻrtta zaxira oʻyinchisidan biri sifatida Buyuk Britaniya jamoasi tarkibiga kiritildi[23]. U 2021-yil iyun oyida ingliz futbolchilari uchun oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yigʻinni COVID-19 aniqlanganligi tufayli tark etishga majbur boʻldi[24]. 2021-yilning 1-iyulida XOQ va FIFAning tasdiqlagan roʻyxatlar 18 tadan 22 taga kengaytiriladi, ya’ni toʻrtta zaxira oʻyinchi oʻyin kuni boʻlib oʻtadigan tarkibga kirishi mumkin boʻldi[25]. Toone Chiliga qarshi guruhdagi dastlabki oʻyinda zaxira oʻrindigʻida qldirilidi 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishilgan uchrashuvning soʻngi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi[26].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tyldesley shahrida tugʻilgan[27] Toone Fred Longworth oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Manchester Unitedda oʻynab, Kechki vaqtda Uigan va Ley kollejida BTEC Level 3 kengaytirilgan sport fanlari kursiga oʻqishni davom ettirgan.[28]

Tune Manchester Unitedning bolalikdan muxlisi, Crishtiano Ronaldo esa uning sevimli futbolchilaridan biri[29].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsumdagi natijalar
Klub Mavsum Liga FA kubogi Liga kubogi Yevropa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
AngliyaBlackburn Rovers 2015–16[30] WPL North 5 3 0 0 3 2 8 5
2016–17[31] 15 10 0 0 10 11 25 21
Umumiy 20 13 0 0 13 13 0 0 32 26
AngliyaManchester City 2016 WSL 1 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2017 2 0 0 0 0 0 2 0
2017–18 3 0 0 0 3 0 0 0 6 0
Umumiy 5 0 0 0 4 0 0 0 9 0
AngliyaManchester United 2018–19 Championship 20 14 3 1 6 0 29 15
2019–20 WSL 13 1 0 0 5 6 18 7
2020–21 22 9 2 1 3 0 27 10
2021–22 22 7 2 1 5 1 29 9
Umumiy 77 31 7 3 19 7 0 0 103 41
Karyerada umumiy 102 44 7 3 36 20 0 0 145 67

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin umumiy
AngliyaAngliya 2021-yil 8 6
2022 5 4
Jami 13 10
Buyuk Britaniya 2021-yil 1 0
Jami 1 0


Ella Toone tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Cap Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 23 Fevral 2021 1 Sent-Jorj bogʻi, Burton-apon Trent, Angliya Shimoliy Irlandiya 6–0 6–0 Oʻrtoqlik
2 17 Sentyabr 2021 3 Sent-Meri stadioni, Sautgempton, Angliya  Shimoliy Makedoniya 1–0 8–0 2023-yilgi jahon chempionati saralashi
3 26 Oktyabr 2021 6 "Daugava" stadioni, Riga, Latviya  Latviya 1–0 10–0
4 2–0
5 6–0
6 30 Noyabr 2021 8 Keepmoat stadioni, Donkaster, Angliya  Latviya 7–0 20–0
7 8 Aprel 2022 12 Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya  Shimoliy Makedoniya 3–0 10–0
8 9–0
9 10–0
10 12 Aprel 2022 13 Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya  Shimoliy Irlandiya 2–0 5–0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

AngliyaManchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA WSL kubogi : 2016[32]

Angliya Manchester United[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionati : 2018–19[33]

AngliyaAngliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Arnold Klark kubogi : 2022[34]

AngliyaAngliya U17[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati uchinchi oʻrin: 2016[35]

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA Ayollar Superligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil dekabr[36][37]
  • FA ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil fevral[38]
  • Manchester Unitedda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2021–22-yilgi mavsum[39]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players – England“. FIFA (24-sentabr 2016-yil). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2018-yil.
  2. „Ella Toone Talks Sacrifices, United Return, & Lockdown“. SoccerBible.
  3. „Ella Toone player profile“. Manchester City FC. 24-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2018-yil.
  4. „England Women's Young Player of the Year“. thefa.com. The Football Association (21-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  5. „FA Women's Football Awards 2018“. thefa.com. The Football Association (1-iyun 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  6. Wrack. „Manchester United include England stars in unveiled women's squad“ (13-iyul 2018-yil). Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  7. Drudge. „MATCH REPORT: LIVERPOOL WOMEN 0 UNITED WOMEN 1“. ManUtd.com (19-avgust 2018-yil). Qaraldi: 19-may 2019-yil.
  8. Plant. „Man Utd Women v Leicester Women match report 21-noyabr 2019-yil“. ManUtd.com (21-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.
  9. „Ella Toone signs new contract with Man Utd Women“. www.manutd.com (26-iyun 2020-yil).
  10. „New contract for Toone“. www.manutd.com (20-noyabr 2021-yil).
  11. „England squad named for FIFA Women's U17 World Cup“. thefa.com. The Football Association (12-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  12. Lavery. „England 9–0 Kazakhstan: UEFA Women's U19s Championship qualifier“. thefa.com. The Football Association (18-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  13. „Statistics — Qualifying phase — Player statistics — Goals“. uefa.com. UEFA. Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  14. „Elite round – Group 2 Standings“. uefa.com. Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  15. „England squad: FIFA Women's U20 World Cup“. thefa.com (14-iyun 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  16. @ellatoone99. „Gutted to have been ruled out of the U20’s World Cup due to injury but I will be supporting the girls every step of the way!“ (24-iyul 2018-yil).
  17. Association. „Phil Neville will gather a 30-strong England squad for September training camp“. www.thefa.com.
  18. „England Women name Katie Zelem and Rinsola Babajide among seven new call-ups“. Sky Sports.
  19. „England Women 6–0 Northern Ireland“. www.thefa.com.
  20. „White hat-trick as England thrash NI“. BBC Sport.
  21. „Latvia-England - Women's World Cup Qualifying“. UEFA.com.
  22. „England Women's final squad named for EURO 2022“. https://www.englandfootball.com (15-iyun 2022-yil).
  23. Garry. „Meet Team GB's women's football squad heading to Tokyo 2021 Olympics“. The Telegraph (27-may 2021-yil).
  24. „England's Toone tests positive for Covid“. BBC Sport.
  25. „FIFA confirms roster changes for Olympic soccer“. Associated Press (1-iyul 2021-yil).
  26. „GB 2–0 Chile“. bbc.co.uk (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2021-yil.
  27. Ghagan. „United women forward Ella Toone can't wait for the fixtures ahead“. manutd.com. Manchester United F.C. (8-mart 2019-yil). Qaraldi: 27-may 2019-yil. Ghagan, Charlie (8 March 2019).
  28. „Wigan & Leigh College :: Manchester United Women First team players Enrol at Leigh College“. Wigan & Leigh College (10-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  29. Hooper. „Ella Toone on defeat to Chelsea Women, her first England Women start and wearing Man Utd Women's No 7 shirt“. Sky Sports (3-oktabr 2021-yil). 3-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
  30. „Ella Toone – Player Stats 2015–16“. The FA.
  31. „Ella Toone – Player Stats 2016–17“. The FA.
  32. Garry. „Women's Continental Cup final: Manchester City 1–0 Birmingham City (aet)“. BBC Sport (2-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  33. „Man Utd Women 7–0 Crystal Palace Ladies: Women's Championship title sealed by win“. BBC Sport (20-aprel 2019-yil). Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  34. „England 3 - 1 Germany“. BBC Sport (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.
  35. Hart. „England beat Norway for World Cup place“. UEFA.com. Union of European Football Associations (UEFA) (16-may 2016-yil). Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
  36. „Marc Skinner and Ella Toone: Manchester United duo win Women's Super League awards for December“. Sky Sports (12-yanvar 2022-yil). 12-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  37. „WSL Player of the Month: Ella Toone“ (inglizcha). SkySports. Qaraldi: 13-yanvar 2022-yil.
  38. Plant. „Casey Stoney wins LMA Womens Championship Manager of the Month award for February 2019“. ManUtd.com (11-mart 2019-yil). Qaraldi: 10-may 2019-yil. Plant, Michael (11 March 2019).
  39. „Ella Toone wins Player of the Year award | Manchester United“. www.manutd.com.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]