Elboy Qoraboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elboy Qoraboyev (1917.15.5, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Bahrin qishlogʻi — 1989.23.8) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan armiyada. 722-oʻqchi polki (Voronej fronti 47-armiyaning 206-oʻqchi diviziyasi) avtomatchilar rotasi boʻlinma komandiri. Qoraboyev 1943 yil 25 sentabrda Cherkassi viloyatining Kanayev tumanidagi Pekari qishlogʻi yaqinida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtishda va 7 noyabrda Studenets qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944.3.6). Urushdan keyin tutilgan qishlogʻida yashagan va ishlagan. Qishlogʻida byusti oʻrnatilgan, oʻrta maktab va shirkat xoʻjaligiga nomi berilgan.