Borjomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Borjomi — Gruziyadagi shahar. Kura va Borjomi daryolari qoʻshiladigan yerda, dengiz sathidan taxminan 800 m balandlikda. Aholisi 19,6 ming kishi (1999). Yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 19°), qishi moʻʼtadil (yanv. ning oʻrtacha temperaturasi — 3°); yiliga 595 mm yogʻin tushadi. Yirik balneologik va iqlimiy kurort, temir yoʻl tuguni. B. da mineral suvni boshqa shaharlarga yuborish uchun butilkalarga quyish zavodi, teatr va oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil