Dukentsoy
Dukentsoy | |
---|---|
Dukentsoy Angren shahrida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 33 km |
Suv sarfi | 3,41 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Dukentsoy |
Dukentsoy — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi. Chatqol tizmasidagi Muzbel dovonining janubiy yonbagʻirlaridan oqib tushuvchi 60 dan ziyod irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Yuqori oqimida (chap irmogʻi — Chiltonsoy quyiladigan joygacha) Olatangi, soʻng Dukentsoy deb ataladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 242 km2. Dukentsoy qoryomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3,41 m3/sek, oʻrtacha loyqaligi 120 g/m3. Dukentsoy yillik oqimining 70—80% mart—iyunda oqib oʻtadi. Yozning 2-yarmi, kuz oylarida esa suvi 0,30 m3/sek gacha kamayadi. Dukentsoydan aprel-mayda koʻpincha sel keladi, suv sarfi sekundiga 56 m3 gacha ortadi. Qishda koʻpincha muzlaydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |