Kontent qismiga oʻtish

Diyo ud-Davla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Tohir Firuzshoh (forscha: ابو طاهر فیروز شاه), laqabi Diyo ud-Davla bilan mashhur, 980-yillarda Basrada hukmronlik qilgan buvayhiy hukmdor. Adud ud-Davlaning oʻgʻli.

Abu Tohir Firuzshoh Adud ud-Davla va justaniy qirol Manazar qizining oʻgʻli boʻlgan. Adud ud-Davla 983-yilda vafot etgach, vorislik masalasida uning ikki oʻgʻli oʻrtasida kurash boshlangan. Adud ud-Davlaning davomchisi deya taxmin qilingan Samsam ud-Davla hokimiyatni qoʻlga olgan, ammo Sharaf ud-Davla oʻzining Kermondagi mavqeidan foydalanib, Forsga bostirib kirgan. Bu bosqin Samsam ud-Davlani chalgʻitib, Abu Tohir Firuzshohga Basrada mustaqil boshqaruvni oʻrnatish imkoniyatini bergach, u yerda Diyo ud-Davla unvonini olgan.

Diyo ud-Davla va Xuzistonni boshqargan yana bir ukasi Toj ud-Davla oxir-oqibat Jibalda hukmronlik qilayotgan Faxr ud-Davla hokimiyatini tan olishga qaror qilishgan. Bu harakat bilan ular Samsam ud-Davla va Sharaf ud-Davla oʻrtasidagi ziddiyatdan oʻzlarini himoyalamoqchi boʻlishgan. Chunki Basra va Xuziston ikki aka-uka mulklari oʻrtasida joylashgani sababli himoyasiz qolgan edi. Shunga qaramay, bir necha yildan keyin Sharaf ud-Davla Basra va Xuzistonga bostirib kirib, hududni bosib olgan. Bu esa ikki shahzodaning Faxr ud-Davla hududiga qochib ketishiga sabab boʻlgan. Aka-ukalar Raydan boshpana topishgan. Ushbu aka-ukalar buvayhiylar tarixida juda qisqa muddat mavjud boʻlib, uzoq muddat taʼsir qilish imkoniyatiga ega boʻlishmagan.

Oʻtmishdoshi:
Adud ud-Davla
Buvayhiy hukmdor (Basrada)
980-yillar
Vorisi:
Sharaf ud-Davla