Dixroizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chiroq bilan ishlangan dikroik shisha munchoq

Optikada dixroik moddalar ko'rinadigan yorug'likning turli to'lqin uzunlik(rang)dagi nurlarga bo'linishiga olib keladi(dispersiya bilan adashtirmaslik kerak) yoki bu kabi moddalarda turli xil qutblanishlarga ega bo'lgan yorug'lik nurlari turli miqdorlarda yutiladi. [1]

Nur ajratgichlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dixroik atamasining asl ma'nosi yunoncha dikhroos - ikki rangli, ya'ni, yorug'lik nurini turli to'lqin uzunliklariga ega bo'lgan ikkita nurga ajrata oladigan har qanday optik qurilmani anglatadi. Bunday qurilmalarga odatda optik qoplamalar bilan ishlov berilgan ko'zgu va filtrlar kiradi, ular yorug'likni ma'lum bir to'lqin uzunliklari oralig'ida qaytarish va ushbu diapazondan tashqarida bo'lgan yorug'likni o'tkazish uchun mo'ljallangan. Misol tariqasida, ba'zi videokameralarda qo'llaniladigan dixroik prizma bo'lib, u alohida CCD massivlarida yozib olish uchun yorug'likni qizil, yashil va ko'k qismlarga bo'lish uchun bir nechta qoplamalardan foydalanadi, ammo hozirda Bayer filtriga ega bo'lgan alohida piksellarni yagona CCD massivida filtrlash keng tarqalgan. Bunday dixroik qurilma odatda yorug'likning qutblanishiga bog'liq emas. Dixromatik atamasi ham shu ma'noda qo'llaniladi.

Qutblangan yorug'lik bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dixroikning ikkinchi ma'nosi moddaning xususiyatini bildiradi, bunda u orqali o'tadigan turli qutblanishlarga ega yorug'lik turli yutilish koeffitsientiga ega bo'ladi; bu diatenuatsiya deb ham ataladi. Ko'rib chiqilayotgan holda qutblanish soat mili yo'nalishida va soat mili yo'nalishiga qarshi doiraviy qutblanish bo'lsa, bunday dixroizm doiraviy dixroizm (CD circular dichroism) deyiladi. CDni ko'rsatadigan aksariyat materiallar assimetrikdir [2], ammo yaqinda CDni namoyon etadigan assimetrik bo'lmagan materiallar kuzatilgan. [3] Soat mili yo'nalishida va soat mili yo'nalishiga qarshi doiraviy qutblanish ikkita spin burchak momenti (SAM) holatini ifodalaganligi sababli, bu holda foton uchun bu dixroizmni spin burchak momentining dixroizmi sifatida ham ko'rib chiqish mumkin va kvant mexanikasi yordamida modellashtirilishi mumkin.

Turmalinga o'xshash ba'zi kristallarda dixroik effektning kuchi yorug'lik to'lqin uzunligiga bog'liq holda kuchli o'zgarib turadi, bunda turli xil qutblanishlarga ega bo'lgan yorug'lik bilan ko'rilganda ular turli xil ranglarga ega bo'lib ko'rinadi.  Bu odatda pleoxroizm deb ataladi, [4] va bu usul mineralogiyada minerallarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ba'zi materiallarda, masalan, gerapatit (yodokinin sulfat) yoki Polaroid plitalarida dixroik effekt to'lqin uzunligiga kuchli bog'liq emas.

Suyuq kristallarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dixroizm, yuqoridagi ikkinchi ma'noda, suyuq kristallarda molekulyar strukturaning optik anizotropiyasi yoki aralashmalarning mavjudligi yoki dixroik bo'yoqlarning mavjudligi tufayli yuzaga keladi. Dixroik bo'yoqlarning mavjudligi tufayli yuzaga keladigan ta'sir mehmon-mezbon effekti(guest-host effect) deb ham ataladi. [5]

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. University Physics, 6th, Addison-Wesley, 1982. ISBN 0-201-07199-1. 
  2. Alison Rodger „Circular Dichroism and Linear Dichroism“,. Encyclopedia of Analytical Chemistry. John Wiley & Sons, Ltd, 2014 — 1–34 bet. DOI:10.1002/9780470027318.a5402.pub2. ISBN 978-0-470-02731-8. 
  3. X. Zambrana-Puyalto (2014). "Angular momentum-induced circular dichroism in non-chiral nanostructures". Nature Communications 5: 4922. doi:10.1038/ncomms5922. PMID 25215603. 
  4. Walter Schumann. Gemstones of the World. Sterling Publishing Company, Inc., 2009 — 49– bet. ISBN 978-1-4027-6829-3. 
  5. Stephen M. Kelly. Flat Panel Displays: Advanced Organic Materials. Royal Society of Chemistry, 2000 — 110 bet. ISBN 0-85404-567-8.