Divayrom gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Divayrom gʻoriFargʻona viloyati Soʻx tumanidagi gʻor. Soʻx daryosi chap sohilida, 1685 m balandlikda, daryo oʻzanidan 655 m yuqorida. Tektonik harakatlar natijasila kuchli darz ketgan quyi tosh-koʻmir davriga man-sub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ogʻzi (eni va balandligi 1,2 m) sharqtomonga qaragan. Gʻor tuzilishi murakkab boʻlib, tor yoʻlaklar (eni va balandligi 2– 4 m), xonalardan (eni 3 m, balandligi 10–20 m) tashkil topgan. Oxirida torayib tugaydi. Umumiy uz. 62 m, maydoni 1708 m2. Gʻorda koʻrshapalak va yovvoyi kaptarlar yashaydi.