Dialektologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dialektologiya (dialekt va ... logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan D. ikkiga: 1) tasviriy (yoki dialektografiya); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. D. tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega. D. tilshunoslik, etnogrofiya, folklor va b. bilan jips aloqada rivojlanadi. F. Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Sh. Shoabdurahmonov va b. oʻzbek D.si rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Reshetov V. V., Shoabdurax-monov Sh., Oʻzbek dialektologiyasi, T., 1962.