Fattoh Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fattoh Abdullayev (1914.16.1, Jambul – 1985.11.9, Toshkent) – oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984). Filol. fanlari doktori (1961), professor (1969).

Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika institutida (1939–44), Namangan davlat pedagogika institutida (1944–47), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida (1947 – 50 va 1957-yildan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950–56) ishlagan. Ilmiy ishlari oʻzbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fo-netikasi, grammatikasi, shuningdek ba-diiy nutq masalalariga bagʻishlangan. A. Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik haritasini tuzgan va tasnifini bergan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil