Kontent qismiga oʻtish

Gʻozi Yunusov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻozi Yunusov
Tavalludi 1893[1] va 1889
Vafoti 5-oktyabr 1938[1] va 1942
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Tilshunos

Gʻozi Olim Yunusov (Gʻozi Yunus, 1893 — Toshkent shahri — 1938.5.10) — tilshunos, folklorshunos olim. Turkiya untida, Anqaradagi "alAzhar" madrasasida oʻqigan (1912—14). 1918-yil iyulda Turkiston yoshlarini milliy va ilmiy ruhda tarbiyalash maqsadida "Turk oʻchogʻi" tashkilotini tuzgan. 1920—22 yillarda Maorif komissarligi qoshidagi ilmiy kengash til va terminologiya shoʻʼbasida ishlagan. Shu komissarlik qoshidagi Til va terminologiya qoʻmitasida ilmiy kotib, Samarqand pedakademiyasida oʻzbek tili kafedrasi professor (1925—30), Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1934—37). Samarqand, Toshkent, Sirdaryo (Mirzachoʻl) viloyatlarida boʻlib, xalq qoʻshiqlari, jumboqlari, maqollarini, "Alpomish" dostonining 2 qismini (50 sahifa), "Hiylakor kal", "Topqir kal", "Shum kal", "Tulki va bedana", "Tulki va tojik", "Kimlar oʻgʻri", "Oʻrinsiz tilak", "Aldangan qozi", "Yengilgan podshoh" kabi hikoyatlarni toʻplagan.

"Oʻzbek urugʻlaridan qatagʻonlar va ularning tili" (1930), "Yuridik terminlar lugʻati" (1926), "Oʻzbek tili grammatikasi" (1936) ilmiy asarlar muallifi. Oʻzbek xalq eposi — "Alpomish" dostonining ilk tadqiqotchilaridan biri. 20—30-yillar matbuotda Gʻozi Yunus taxallusi bilan matbuot, tilshunoslik, adabiyot, folklorshunoslikka oid dolzarb maqolalar yozgan. 1937-yil 3-iyulda hibsga olinib, 1938-yil 4-oktabrda otilgan. 1989-yilda oqlangan.[2]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. Ahmedov, Sirojiddin. "Yunusov Gʻozi Olim" OʻzME. Yu-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil