Devona buva maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Devona buva maqbarasi
Joylashuv Namangan viloyat Uychi tumani
Turi Arxeologik yodgorlik
Qurila boshlagan 1725 -yil
Qurilish tamomlangan 1750-yil
Xarita
Koordinatalari 41°0′28.69″N 71°47′15.61″E / 41.0079694°N 71.7876694°E / 41.0079694; 71.7876694 G OKoordinatalari: 41°0′28.69″N 71°47′15.61″E / 41.0079694°N 71.7876694°E / 41.0079694; 71.7876694 G O

Devona buva maqbarasi – Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr)[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Devona buva maqbarasi 1725 – 1750-yillar mobaynida bunyod etilgan. Bu maqbara hashar yoʻli bilan Fayziobod qishlogʻida istiqamot qilib kelgan asli Toshkent shahrida tugʻilgan Abdurahmon xoji nomi bilan mashhur inson sharafiga uning qabri tepasiga qurilgan. Xalq orasida u kishi devona kiyimida yurishlari u kishini „Devona buva“ deb nomlanishiga sabab boʻlgan.

Ushbu ziyoratgoh Uychi tumani Fayziobod qishlogʻida joylashgan [3]. Umumiy maydoni 1,4 gektar joyni egallagan ziyoratgohga hamohang ravishda hashar yoʻli bilan jome masjidi qurilishi ham davom etmoqda. Bu yerda bir vaqtning oʻzida besh ming namozxon ibodat qilishi imkoni yaratiladi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara murabba tarxli (18,8x18,8 m), shahar tashqarisida joylashgan. Atrofi sinchli devor bilan uralgan. Ziyoratxonahazira, goʻrxona va ayvondan iborat. Shim. va Gʻarb tomondan sinchli devor bilan uralgan ayvon jan.ga qaragan. Haziraga ayvon orqali kiriladi. Kiraverishda ikki tomonga supa ishlangan. Ziyoratxona (10,6x8,6 m) peshtoq gumbazli, toʻrt tomonida eshik oʻrni boʻlib, kiraverishdagi yogʻoch panjaradan xona ichidagi sagʻana koʻrinib turadi. Sagʻana pishiq gʻishtdan qurilgan. Ziyoratxonaning gumbazi yulduzsimon asosgaoʻrnatilgan. Poygumbazidagi tuynuklar orqali xonaga yorugʻlik tushadi. Xona ichi ganch suvoq qilingan. Peshtoqi namoyonlarga ajratilgan, qanosi ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Eshigi yogʻoch oʻymakorligida ishlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]