Ddu-Du Ddu-Du

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ddu-Du Ddu-Du“
Blackpink singli
„Square Up / Blackpink In Your Area“ albomidan
Qachon chiqarilgan 15-iyun 2018-yil
Janr
Davomiyligi 3:29
Leybl
Matn muallif(lar)i Teddy Park
Prodyuser(lar) Teddy Park, 24, Eazy $ign, Bekuh Boom, R.Tee
Blackpink singllari xronologiyasi
„As If It's Your Last“
(2017)
Ddu-Du Ddu-Du
(2018)
„Kill This Love“
(2019)
Klipi
„Ddu-Du Ddu-Du“ YouTubeda

Ddu-Du Ddu-Du“ (koreyscha: 뚜두뚜두) — Janubiy Koreyaning „BLACKPINK“ qizlar guruhi tomonidan aytilgan va „YG Entertainment“ kompaniyasi tomonidan 2018-yil 15-iyun kuni chiqarilgan singl. Qoʻshiq Teddy Park tomonidan yozilgan. Trek „Square Up“ mini-albomining asosiy singli boʻlib, albom bilan bir vaqtda chiqarilgan[1]. Yaponcha versiyasi 2018-yil 22-avgustda chiqarilgan.

Singl Janubiy Koreyada tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va ketma-ket uch hafta davomida Gaon Digital Chart jadvalining eng yuqori pogʻonasini egallab, mamlakatdagi ikkinchi raqamli singlga aylangan. Shuningdek, qoʻshiq Billboard K-pop Hot 100 va World Digital Songs chartlarida birinchi oʻrinni egallashdan tashqari, Singapur va Malayziyaning milliy chartlarida ham oliy oʻrinni egallagan. Qoʻshiq Koreys Musiqa Kontent Assotsiatsiyasi (KMCA) tomonidan raqamli savdo uchun ikki marta platina, AQShda oltin va Buyuk Britaniya hamda Yaponiyada kumush sertifikatiga sazovor boʻlgan.

Qoʻshiq klipi guruhning rasmiy YouTube kanaliga yuklangan va tez orada eng koʻp koʻrilgan onlayn videoga aylanib, 24 soat ichida barcha davrlarning ikkinchi eng koʻp tomosha qilingan musiqiy videosiga aylangan. Oʻshandan beri klip 1 milliard marta koʻrilgan K-pop guruhining birinchi musiqiy videosi boʻlib, hozirda 1.9 milliard tomosha bilan YouTube platformasidagi eng koʻp koʻrilgan K-pop guruhining klipi hisoblanadi[2]. Klip 2018-yilgi Gallup Korea nomli jamoatchilik so‘rovida „Yil qo‘shig‘i“ deb topilgan [3].

Qoʻshiqning remiksi 2019-yil 5-aprelda guruhning navbatdagi „Kill This Love mini-albomi uchun bonus trek sifatida chiqarilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Freeform“ telekanalida efirga uzatiluvchi „Bold Type“ seriyasining uchinchi faslining toʻrtinchi epizodida namoyish etiladi[4].

Yaponcha versiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 17-avgustda qoʻshiqning yaponcha versiyasi 22- avgustda singl sifatida chiqarilishi eʼlon qilingan. Qoʻshiq uchta talqinda chiqarilgan: CD+DVD, CD[5].

Singl Oricon Daily Singles Chart-da 6-o‘rinda debyut qilgan va oltinchi kunida 2-o‘rinni egallagan va 3725 ta nusxasi[6][7] sotilgan. Singl Oricon Weekly Singles Chart-da 24 385 nusxada sotilib[8], 7-oʻrinda debyut qilgan.

Qoʻshiq Billboard Japan Hot 100 chartida 57-oʻrinni va eng yaxshi oqim qoʻshiqlarida 46-oʻrinni egallagan[9][10]. 2022-yil oktyabr holatiga ko‘ra, videoklip YouTubeʼda 13 milliondan ortiq ko‘rilgan.

Musiqiy chartlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar
Yil Taqdirlash marosimi Nomzod ishi Nominatsiyalar Natija Mnb.
2018 Melon Music Awards Ddu-Du Ddu-Du Yil Qoʻshigʻi Nominatsiya [31]
MBC Plus X Genie Music Awards Raqsbop trek Nominatsiya [32]
MTV Video Music Awards Japan Eng zoʻr raqsbop klip Gʻolib [33]
Mnet Asian Music Awards Eng zoʻr klip Nominatsiya
Eng zoʻr raqs namoyishi — ayol guruh Nominatsiya
Yil qoʻshigʻi Nominatsiya
2019 Gaon Chart Music Awards Yil qoʻshigʻi — Iyun Gʻolib
Teen Choice Awards Tanlangan qoʻshiq: Guruh Gʻolib [34]

Musiqiy koʻrsatuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻrsatuv Sana Havl.
Show! Music Core (MBC) 2018-yil 23-iyun [35]
2018-yil 30-iyun [36]
2018-yil 7-iyul [37]
2018-yil 14-iyul [38]
Inkigayo (SBS) 2018-yil 24-iyun [39]
2018-yil 1-iyul [40]
2018-yil 8-iyul [41]
M Countdown (Mnet) 2018-yil 28-iyun [42]
2018-yil 5-iyul [43]
2018-yil 12-iyul [44]
Music bank (KBS) 2018-yil 29-iyun [45]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Herman, Tamar „BlackPink Release 'Square Up' EP Fronted by Sharp-Shooting 'Ddu-Du Ddu-Du' Music Video“. Forbes. 12-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  2. „Blackpink Break New Record With "Ddu-Du Ddu-Du"“ (en). Grammy Awards (23-yanvar 2019-yil). 1-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2019-yil.
  3. Park, Soo-yoon „방탄소년단·트와이스, 올해를 빛낸 가수 1·2위“ (ko). Yonhap News Agency (18-dekabr 2018-yil). 11-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
  4. „The Bold Type Official Season 3 Music Guide“ (en). Freeform_(TV_channel). 22-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  5. „NEW SINGLE「DDU-DU DDU-DU」“ (ja). BLACKPINK OFFICIAL WEBSITE. 17-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-avgust 2018-yil.
  6. „オリコンデイリー シングルランキング 2018年08月21日付 | Oridcon News“ (22-avgust 2018-yil). 22-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2018-yil.
  7. „オリコンデイリー シングルランキング 2018年08月26日付 | Oricon News“ (27-avgust 2018-yil). 27-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
  8. „2018年08月20日~2018年08月26日 オリコン週間 シングルランキング“ (ja). ORICON NEWS. Qaraldi: 25-iyun 2020-yil.
  9. „Billboard Japan Hot 100 Year End | Charts“ (ja). Billboard JAPAN. 9-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-dekabr 2018-yil.
  10. „Billboard Japan Top Streaming Songs Year End | Charts“ (ja). Billboard JAPAN. 15-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-dekabr 2018-yil.
  11. "Blackpink Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 26-iyun 2018-yil.
  12. „Top Hot Song“ (zh). QQ Music. Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.
  13. „Le Top de la semaine : Top Singles Téléchargés – SNEP (Week 25, 2018)“ (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique. Qaraldi: 25-iyun 2018-yil.
  14. DDU-DU DDU-DU – Oricon Oricon News. Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  15. "Blackpink Chart History (Japan Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
  16. „Top 20 Most Streamed International & Domestic Singles In Malaysia“ (en). Recording Industry Association of Malaysia. Recording Industry Association of Malaysia. 1-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.
  17. „NZ Heatseeker Singles Chart“. Recorded Music NZ (25-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  18. „Top Radio & YouTube Hits“. Tophit (iyun 2018). Qaraldi: 25-iyun 2018-yil.
  19. "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  20. „Singapore Top 30 Digital Streaming Chart Week 26“. Recording Industry Association (Singapore). 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  21. „Digital Chart – Week 25 of 2018“ (ko). Gaon Music Chart. Qaraldi: 28-iyun 2018-yil.
  22. „Blackpink Chart History (K-Pop 100)“. Billboard. Qaraldi: June 30, 2018.
  23. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  24. "Blackpink Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 26-iyun 2018-yil.
  25. „Blackpink Chart History (World Digital Songs)“. Billboard. Qaraldi: June 26, 2018.
  26. "Blackpink Chart History (Global 200)". Billboard. Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
  27. „Billboard Vietnam Hot 100 – Week of September 1, 2022“ (vi). Billboard Vietnam. 1-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  28. „JAPAN HOT 100“. Billboard. Qaraldi: December 27, 2018.
  29. „2018년 Digital Chart“ (ko). Gaon Music Chart. Qaraldi: 15-yanvar 2019-yil.
  30. „2019년 Digital Chart“ (ko). Gaon Chart. Qaraldi: 10-yanvar 2020-yil.
  31. „Winners Of The 2018 Melon Music Awards“. Soompi. 2-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2018-yil.
  32. „2018 MBC Plus X Genie Music Awards Announces Nominees + Voting Begins“. Soompi (1-oktabr 2018-yil). 10-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-noyabr 2019-yil.
  33. „'YouTube queens' Blackpink awarded in Tokyo“. Kpop Herald (11-oktabr 2018-yil). 11-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-noyabr 2019-yil.
  34. Moreau, Jordan „‘Avengers: Endgame,’ ‘Riverdale,’ ‘Aladdin’ Top 2019 Teen Choice Award Nominations“. Variety (19-iyun 2019-yil). 25-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-sentabr 2019-yil.
  35. „[종합 '음악중심' 블랙핑크, '뚜두뚜두' 1위…"양현석·테디·블링크 감사"“] (ko). My Daily (23-iyun 2018-yil). 23-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  36. „[종합 블랙핑크 '음중' 1위…샤이니· 뉴이스트·데이식스 컴백“] (ko). My Daily (30-iyun 2018-yil). 30-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
  37. „블랙핑크 '음악중심' 1위…윤미래·에이핑크·경리 컴백 [종합“] (ko). My Daily (7-iyul 2018-yil). 7-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyul 2018-yil.
  38. „'음악중심' 블랙핑크, '뚜두뚜두'로 1위…음악방송 11관왕 "YG 감사해" [종합“] (ko). My Daily (14-iyul 2018-yil). 14-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2018-yil.
  39. „[종합 "YG, 고마워"…'인기가요' 블랙핑크, '뚜두뚜두' 또 1위 2관왕“] (ko). My Daily (24-iyun 2018-yil). 24-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  40. „'인기가요' 7월 첫째 주 1위? 비투비 꺾은 블랙핑크 '뚜두뚜두'“ (ko). My Daily (1-iyul 2018-yil). 1-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.
  41. „블랙핑크, '인기가요' 3주 연속 1위…'뚜두뚜두' 9관왕 달성“ (ko). MBN (8-iyul 2018-yil). 8-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyul 2018-yil.
  42. „[종합 '엠카' 블랙핑크, 비투비 꺾고 1위 '3관왕'…모모랜드·뉴이스트W 컴백“] (ko). My Daily (28-iyun 2018-yil). 28-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2018-yil.
  43. „'엠카' 블랙핑크, 1위 '7관왕'…뉴욕 열광케 한 K팝 ★[종합“] (ko). JTBC (5-iyul 2018-yil). 11-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  44. „'엠카 in 타이베이' 블랙핑크 1위 10관왕…선미·워너원 현지팬 열광 [종합“] (ko). My Daily (12-iyul 2018-yil). 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
  45. „[공식입장 블랙핑크, '뮤직뱅크' 첫 1위…음악방송 4관왕 달성“] (ko). Naver (29-iyun 2018-yil). 29-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2018-yil.