Blackpink

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BLACKPINK

BLACKPINK va PUBG Mobile 2021-yil martida
Chapdan oʻngga: JISOO, JENNIE, ROSÉ va LISA
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Seul, Janubiy Koreya
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Faoliyat yillari 2016–hozirgacha
Janr
Leybl
  • YG Entertainment
Tarkib
Vebsayt blackpinkofficial.com

BLACKPINK (koreyscha: 블랙핑크; tarjimasi: QoraPushti) - YG Entertainment tomonidan tashkil topgan Janubiy Koreyalik qizlar guruhi. Guruh a'zolari to'rt kishidan iborat: Jisoo, Jennie, Rosé va Lisa. BLACKPINK 2016-yil avgust oyida debyut qilgan va guruh "Square One" nomli ilk albomini chiqargan. Albomga kiritilgan "Whistle" va "BOOMBAYAH" nomli singllar mos ravishda Gaon Digital Chart (Janubiy Koreya) va 'Billboard World Digital Song Sales (AQSh) chartlarida birinchi pogʻonani egallagan.

Guruhning Selena Gomez bilan hamkorlikda ijro etgan „Ice Cream“ (2020) qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida 13-pogʻonaga, The Album (2020) nomli albomi esa Billboard 200 chartida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Ushbu albom umumjahon boʻylab bir milliondan ortiq nusxada sotilib, guruhni buni uddalagan ilk qizlardan iborat koreys guruhiga aylantirgan.[1] Bundan tashqari, guruh qoʻshiqlaridan biri Billboard Emerging Artists chartida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk ayollardan iborat guruh hamda qoʻshiqlaridan biri Billboard World Digital Song Sales chartiga kirgan va unda birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk qizlardan iborat koreys guruhi hisoblanadi.[2] Shuningdek, guruh ijrosidagi „Ddu-Du Ddu-Du“ (2018) qoʻshigʻi Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlangan va buning ortidan Blackpink ushbu tashkilotdan sertifikat olgan ilk ayollardan iborat koreys guruhga aylangan.[3] Guruhning Dua Lipa bilan hamkorlikda ijro etilgan „Kiss and Make Up“ taronasi Britaniya fonograf sanoati[4] va Avstraliya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi[5] tomonidan mos ravishda kumush va platina sertifikatlari bilan taqdirlangan hamda buning ortidan guruh ushbu tashkilotlardan sertifikat olgan ilk koreys guruhi boʻlgan.

Blackpink guruhi faoliyati davomida koʻplab rekordlarni oʻrnatgan. Jumladan, guruh ijrosidagi „Kill This Love“ (2019) va „How You Like That“ (2020) taronalari uchun olingan videokliplar YouTube platformasida birinchi 24 soat ichida eng koʻp koʻrilgan klip oʻlaroq rekord oʻrnatgan. Taronalardan ikkinchisi hatto Guinness rekordlar kitobiga ham kirgan.[6] Guruh YouTubeda qoʻshiqlariga olingan besh videoklipi ham bir milliarddan oshiq marta koʻrilgan ilk musiqiy guruh hamda ilk ayollardan iborat koreys guruhi hisoblanadi.[7] Bundan tashqari, Blackpink Spotify platformasida eng koʻp obunachiga ega qizlardan iborat guruh hamdir (2022-yil apreliga koʻra, 29 milliondan oshiq obunachi).[8] Boshqa yutuqlari qatoridan „Yil yangi artisti“ nominatsiyasida Golden Disc Awards va Seoul Music Awards, „Eng yaxshi ayollardan iborat guruh“ nominatsiyasida Mnet Asian Music Award, MTV Music Video Award (bu mukofotni qoʻlga kiritgan ilk koreys guruhi boʻlishgan)[9] va h.k. joy olgan. Shuningdek, guruh Forbes jurnalining 30 Under 30 Asia roʻyxatiga kiritilgan.[10] 2021-yilning yanvarida Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-in Blackpinkni K-popni umumjahon boʻylab yoyganlari uchun taqdirlagan va guruhni global K-pop fenomenoni oʻlaroq eʼtirof etgan.[11]

Blackpink 2016-yilgi Melon Music Awards taqdirlash marosimida
Blackpink 2017-yilda oʻtkazilgan Koreya musiqa festivalida (Seul)
Blackpink 2018-yilgi Seoul Music Awards taqdirlash marosimida
Blackpink 33-Golden Disc taqdirlash marosimida

Aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

== Konsert va turnelari ==; Turnelar

  • BLACKPINK ARENA TOUR (2018)
  • IN YOUR AREA WORLD TOUR (2018-2020)
  • BLACKPINK WORLD TOUR [BORN PINK] (2022-2023); Konsertlar
  • BLACKPINK Japan Premium Debut Showcase (2017)
  • BLACKPINK Livestream Concert: THE SHOW (2021)

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Blackpink House (2018, V Live / YouTube / JTBC2)[13]
  • YG Future Strategy Office (2018, Netflix)[14]
  • Blackpink X Star Road (2018, V Live)
  • Blackpink Diaries (2019, V Live / YouTube)
  • 24/365 with Blackpink (2020, YouTube)[15]
  • Blackpink: Light Up the Sky (2020, Netflix)[16]
  • Blackpink: The Movie (2021)[17]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. *Trust, Gary (8–sentyabr 2020–yil). „Blackpink Hits New Hot 100 High With Debut of Selena Gomez Collab 'Ice Cream'. Billboard (inglizcha). 10–sentyabr 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8–sentyabr 2020–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Zellner, Xander (27–iyun 2018–yil). „Blackpink Is First All-Female K-Pop Group to Top Emerging Artists Chart“. Billboard (inglizcha). 18–avgust 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8–iyul 2020–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. :
  4. „Blackpink Raih Platinum di Australia untuk Single Kiss and Make Up“ (id). tirto.id. 18-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2020-yil.
  5. „Blackpink's return sets new YouTube records with How You Like That“ (en). Guinness World Records (30-iyun 2020-yil). 1-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2020-yil.
  6. *„Blackpink's 'Kill This Love' surpasses 1 billion views on YouTube“ (en). Korea JoongAng Daily. 7-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2020-yil.
  7. Jung, You „BLACKPINK Becomes First Kpop Girl Group to Win MTV VMA...BTS Takes Home 4 Awards“. TenAsia (31-avgust 2020-yil). 22-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2020-yil. (Wayback Machine saytida 2020-09-22 sanasida arxivlangan)
  8. Ramirez, Elaine „BlackPink: The All-Girl K-Pop Group Following BTS's Footsteps And Taking Over The U.S.“ (en). Forbes. 7-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2020-yil.
  9. Gona, Mina „문 대통령 "BTS 등 세계인 매료..문화강국 위상 더 다져갈 것"“ (ko). Star News (11-yanvar 2021-yil). 15-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2021-yil.
  10. 12,0 12,1 12,2 12,3 Vincent, Brittany „Everything To Know About Blackpink (Before They're in Your Area)“. MTV (12-fevral 2019-yil). 5-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2020-yil.
  11. „[공식 블랙핑크 첫 리얼리티 '블핑하우스', 1월6일 첫방…12회 방송“] (ko). 16-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2018-yil.
  12. „'YG전자' 승리가 이끈 YG 셀프디스, B급유머 폭발..박봄·남태현 등장(종합)[Oh!쎈 리뷰“] (ko). osen.co.kr (5-oktabr 2018-yil). 5-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2018-yil.
  13. „블랙핑크, 새 단독 리얼리티 론칭…팬들과 적극 소통한다“ (ko). Herald Pop (13-iyun 2020-yil). 29-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2020-yil.
  14. Benjamin, Jeff „Blackpink's Netflix Documentary Marks Streaming Service Diving into K-Pop Originals“. Forbes (8-sentyabr 2020-yil). 17-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2020-yil.
  15. Dong, Sun-hwa „'BLACKPINK THE MOVIE' to hit local theaters in August“. The Korea Times (16-iyun 2021-yil). 16-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]