David Neres
Devid Neres Kampos (portugalcha: David Neres Campos) 1997-yil 3-martda San-Pauluda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Benfika“ va Braziliya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
David Neres ![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toʻliq ismi | David Neres Kampos | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan | 3-mart 1997-.yil(25 yosh) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqarolik | San-Paulu, Braziliya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 176 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni | 66 kg | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiya | hujumchi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub haqida maʼlumot | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub | ![]() | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqami | 7 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Neres „San-Paulu“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 18-oktabrda Fluminense bilan o‘yinda u Braziliya A Seriyasida debyut qilgan[1]. 22-oktabr kuni „Ponte Preta“ga qarshi kechgan duelda Devid „San-Paulu“ uchun birinchi golini urdi[2].
2017-yil boshida Neres Amsterdamning „Ayaks“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi[3]. 26-fevral kuni „Gerakles“ga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Kasper Dolbergni almashtirgach oʻyinga qoʻshilgan[4]. 2-aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda Devid „Ayaks“ safidagi ilk golini urdi[5]. 2019-yilda Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda Neres gol urdi[6].
2022-yilning 15-yanvarida u „Shaxtyor Donetsk“ futbolchisiga aylandi[7].
2019-20-yilgi mavsumda „Manchester United“ va „Atletico Madrid“ kabi klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Neres 2019-yilning 7-avgustida „Ayaks“ bilan 2023-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma 2022-yilda tugashi kerak boʻlgan, ammo shunga qaramay futbolchi yana bir yil bu klubda oʻynash ishtiyoqini bildirgan.
Mavsum boshida „Ayaks“ Mohamed Darami va Stiven Berguislarni qanot himoyachilari sifatida sotib olgani uchun Neres uchun raqobat kuchayib ketdi, natijada u koʻpincha asosiy tarkibga kiritilmagan.
Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, Paragvay, Venesuela, Argentina, Urugvay va ikki marta Ekvador va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[8][9][10][11][12][13][14][15][16].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Ayaks“
- Gollandiya chempioni (2 karra): 2018/19, 2020/21
- Gollandiya kubogi sohibi (2 karra): 2018/19, 2020/21
- UEFA Yevropa ligasi finalchisi: 2017-yil
Braziliya terma jamoasida
- Amerika kubogi sohibi: 2019-yil
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil aprel[17]
- UEFA Chempionlar Ligasi Yulduzlar jamoasi: 2018/19
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 23-dekabr holatida:
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa kuboklari | Boshqalar | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | ||
San-Paulu | 2016-yil | 8 | 3 | 3 | 0 | 11 | 3 | ||||
Jami | 8 | 3 | 3 | 0 | 11 | 3 | |||||
Ayaks | 2016/17 | 8 | 3 | 0 | 0 | 4 | 0 | 12 | 3 | ||
2017/18 | 32 | 14 | 2 | 0 | 3 | 0 | 37 | 14 | |||
2018/19 | 29 | 8 | 6 | 1 | 15 | 3 | 50 | 12 | |||
2019/20 | 12 | 6 | 0 | 0 | 8 | 0 | 20 | 6 | |||
2020/21 | 25 | 3 | 4 | 2 | 10 | 3 | 39 | 8 | |||
2021/22 | 15 | 3 | 1 | 0 | 5 | 1 | 1 | 0 | 22 | 4 | |
Jami | 121 | 37 | 13 | 3 | 45 | 7 | 1 | 0 | 180 | 47 | |
Young Ayaks | 2016/17 | 4 | 2 | 4 | 2 | ||||||
2017/18 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||||||
Jami | 5 | 3 | 5 | 3 | |||||||
umumiy faoliyatida | 134 | 43 | 16 | 3 | 45 | 7 | 1 | 0 | 196 | 53 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Флуминенсе VS. Сан-Паулу 1:2“ (en). soccerway.com (18-oktabr 2016-yil). 21-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Сан-Паулу VS. Понте-Прета 2:0“ (en). soccerway.com (22-oktabr 2016-yil). 22-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Кто такой Давид Нерес“ (en). bobsoccer.ru (3-fevral 2017-yil). 8-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
- ↑ „Аякс Амстердам VS. Хераклес 4:1“ (en). soccerway.com (26-fevral 2017-yil). 18-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-mart 2017-yil.
- ↑ „Аякс Амстердам VS. Фейеноорд 2:1“ (en). soccerway.com (2-aprel 2017-yil). 7-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Реал Мадрид VS. Аякс Амстердам 1:4“ (en). soccerway.com (5-mart 2019-yil). 4-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2019-yil.
- ↑ „Вингер «Аякса» Давид Нерес перешёл в «Шахтёр».“. shakhtar.com. 15-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Чили (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (20-yanvar 2017-yil). 9-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Парагвай (до 20) 3:2“ (en). soccerway.com (22-yanvar 2017-yil). 22-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (5-fevral 2017-yil). 22-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Аргентина (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (9-fevral 2017-yil). 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (3-fevral 2017-yil). 2-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (19-yanvar 2017-yil). 9-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (31-yanvar 2017-yil). 10-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Колумбия (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (11-fevral 2017-yil). 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Колумбия (до 20) VS. Бразилия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (25-yanvar 2017-yil). 22-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ „Speler van de Maand: David Neres.“ (nl). eredivisie.nl. 20-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.