Kasper Dolberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kasper Dolberg
Dolberg Nice klubida (2021-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kasper Dolberg Rasmussen
Tavallud sanasi 1997-yil 6-oktabr
Tavallud joyi Silkeborg (Daniya)
Boʻyi 1,87m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nice
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2019 Ajax 78 (33)
2019- Nice 74 (23)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kasper Dolberg Rasmussen (1997-yil 6-oktabrda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi «Nica»[1] va Daniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Dolberg Silkeborg IFda 2015-yilning may oyida debyut qilgan. U 2015-yilning iyul oyida “Ajax” safiga kelib qoʻshilgan va 2016-yilning iyul oyida klubda debyut qilgan. Dolberg avval Daniyani 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan guruhlarda himoya qilgan. 2016-yil noyabr oyida oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazdi. 2020-yil may oyida Dolberg oʻzining OGC Nice klubi muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2017-yilda "Ajax"da oʻtkazgan birinchi mavsumidan soʻng Gollandiyaning eng yaxshi futbol iqtidori deb topildi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 16-sentabrda Dolberg politsiyaga bahosi 70 000 yevro boʻlgan hashamatli soati oʻgʻirlangani haqida xabar bergan. Politsiya tekshiruvidan soʻng, politsiya jinoyatchi soatni oʻgʻirlagani aks etgan kuzatuv videosini topdi, uning jamoadoshi Lamine Diabi-Fadiga oʻn kundan keyin jinoyatni tan oldi.[2] Diabi keyinchalik klub tomonidan jamoadan haydaldi.[3] 2021-yil 8-noyabrda Dolberg unga 1-toifa qandli diabet tashxisi qoʻyilganini e’lon qildi.[4]

Milliy jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning noyabr oyida Dolberg Daniya terma jamoasiga Qozogʻiston va Chexiyaga qarshi oʻyinlar uchun birinchi chaqiruv oldi.[5]  2016-yilning 11-noyabrida u terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Oʻsha oʻyinda Daniya terma jamoasi Qozogʻiston ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan va Dolberg ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan edi.[6] 2017-yil 10-iyun kuni JCh-2018 saralashida Qozogʻistonga qarshi safarda 1:3 hisobida gʻalaba qozonib, 68-daqiqadan soʻng Yussuf Poulsen oʻrniga maydonga tushdi va 81-daqiqada oʻzining ilk xalqaro golini kiritdi.[7] 2018-yil iyun oyida u Daniya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatiga chaqiruviga kiritildi.[8] 2021-yil may oyida u UEFA Evro-2020 qoldirilgan turniri uchun 26 kishilik yakuniy tarkibga tanlandi.[9]  Dolberg 26-iyun kuni Daniyaning Uelsga qarshi 1/8 final uchrashuvida jarohat olgan Yussuf Poulsenning oʻrniga maydonga tushdi va 4:0 hisobidagi gʻalabada ikkita gol muallifiga aylandi.[10]  U turnirdagi uchinchi golini chorak finalda Chexiyaga qarshi oʻyinda Yoakim Mexlening ajoyib uzatmasidan soʻng urdi.[11][12]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eredivisie chempionligi: 2018–19

KNVB kubogi sohibi: 2018–19

"UEFA Europa League"da gʻalaba: 2016–17[13]

Nice[14][tahrir | manbasini tahrirlash]

"Coupe de France" da gʻalaba: 2021–22

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yilning eng iqtidorli futbolchisi: 2016[15]

Ajax klubi eng iqtidorli oʻyinchisi: 2017[16]

Nice klubining yil oʻyinchisi: 2019–20[17]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Kasper Dolberg joins O.G.C Nice". OGC Nice. Retrieved 29 August 2019.
  2. "Diaby Gadiga reconnait avoir volé-la montre de Dolberg". Eurosport. 26 September 2019. Retrieved 27 September 2019.
  3. "Lamine Diaby-Fadiga sacked by Nice after stealing team-mateʼs watch". 1 October 2019 – via www.bbc.co.uk.
  4. "Kasper Dolberg har fået konstateret sukkersyge" (in Danish). b.dk. 8 November 2021. Retrieved 8 November 2021.
  5. "Hareide tager teenagekomet med på landsholdet" (in Danish). b.dk. 4 November 2016. Retrieved 7 November 2016.
  6. "Eriksen sprudleri dansk 4–1 sejr" (in Danish). dbu.dk. 11 November 2016. Retrieved 21 November 2016.
  7. W, Christian (10 June 2017). "Very nice! Danes get past Kazakhstan in World Cup qualifier". The Copenhagen Post. Retrieved 10 June 2017.
  8. "Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists | Goal.com".
  9. "26 spillere klar til EM for Danmark" [26 players ready for the European Championship for Denmark]. Danish Football Association (in Danish). 25 May 2021. Retrieved 25 May 2021.
  10. "Wales 0-4 Denmark". UEFA. 26 June 2021.
  11. Doyle, Paul (3 July 2021). "Dolberg and Delaney send Denmark past Czechs and into semi-finals". the Guardian.
  12. "Maehle cross, assist in Denmark - Czech Republic - Video". ProSoccerTalk | NBC Sports. 3 July 2021.
  13. "2016/17: United win it for Manchester". UEFA.com. Union of European Football Associations. 30 May 2017. Archived from the original on 20 November 2017. Retrieved 17 April 2020.
  14. "Kasper Dolberg - Career Honours". Soccerway. Retrieved 17 April 2020.
  15. "Dolberg in Denemarken uitgeroepen tot Talent van het Jaar". fcupdate.nl (in Dutch). FC Update. Retrieved 21 March 2017.
  16. "Dolberg named Eredivisie talent of the year". football-oranje.com. Football Oranje. 16 May 2017. Retrieved 16 May 2017.
  17. "Dolberg crowned". OGCNice.com. OGC Nice. 22 May 2020. Retrieved 22 May 2020.