Chris Evans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kris Evans

Evans 2016-yil
Asl ismi Chris Evans
Tugʻilishi
Fuqaroligi Qoʻshma Shtatlar AQSh
Kasbi aktyor
IMDb ID 0262635
Sayt http://www.chris-evans.net

Christopher (Chris) Robert Evans (talaffuzi: Kristofer Robert (Kris) Evans) (1981-yilning 13-iyunida tugʻilgan) amerikalik superqahramonlar rollari ijrochisi. U oʻzining „Kapitan Amerika“, „Fantastik toʻrtlik“ kabi kinolardagi rollari bilan mashhur. U oʻz karyerasini 2000-yilda „Qarama-qarshi jins“ (ingl. Opposite Sex) teleserialida boshlagan. 2013-yildan boshlab u Janubiy Koreyada olingan „Snowpiercer“ filmida suratga tusha boshladi. 2015-yilga kelib kino olamida ancha shuhrat qozongan qolgan Evans oʻzining rejissorlik mahoratini „Ketishimizdan oldin“ („Before We Go“) filmida sinab koʻrdi. 3 million dollarlik xarajat bilan olingan film salkam 400 million dollar foyda keltirdi.

Filmografiya[tahrir]

Yil Nomi Original nomi Rol
2000 f Qo‘shma jinslar Opposite Sex Kari Baston
2005 f Fantastik to‘rtlik Fantastic Foure Jonni Shtorm
2011 f Qasoskorlar The Avengers Stiv Rojers / Kapitan Amerika
2005 f London London Sid
2007 f Ninza Toshbaqalar TMNT Keysi
2008 f Ko'cha qiroli Street Kings detektiv Pol Diskant
2015 f Qasoskorlar: Altron Erasi Avengers: Age of Ultron Stiv Rojers / Kapitan Amerika
2011 f Prokol Puncture Mayk Vays
2011 f Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi Captain America: The First Avenger Steve Roger / Kapitan Amerika
2013 f Muz odam The Iceman Mister Frizi
2017 f Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish Spider-Man: Homecoming Stiv Rojers / Kapitan Amerika (kameo)
2017 f Iqtidor Gifted Frenk Adler
2018 f Qasoskorlar: Poyonsiz jang Avengers: Infinity War Stiv Rojers / Kapitan Amerika
2019 f Qasoskorlar: Intiho Avengers: Endgame Steve Roger / Kapitan Amerika

Yoshligi[tahrir]

Evans AQSHning Boston shahrida tugʻilgan, bolalik yillari esa Sulbury shaharchasida oʻtgan. Otasi Robert Evans tish shifokoridir. Onasi Lisa (Capuano) Concord yoshlar teatrida sahnalashtiruvchi rejissor. Ebansning ikki singlisi va bir ukasi bor. 

Evans Lincoln-Sudbury mahalliy oʻrta maktabini tugatgach, Nyu Yorkga koʻchib borib, Lee Strasberg teatr va kino inisititutiga qatnay boshlagan.