Birinchi qasoskor: Qarshilik
Birinchi qasoskor: Qarshilik | |
---|---|
Captain America: Civil War | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) | |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Henry Jackman |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Davomiyligi | 147 daqiqa |
Davlat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti |
|
Daromadi | $1.153 milliard[1] |
Birinchi qasoskor: Qarshilik (inglizcha: Captain America: Civil War) 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film Birinchi qasoskor (2011) va Birinchi qasoskor: Qish askari (2014) filmlari davomi hamda Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 13-toʻliq hajmli filmdir. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Uchinchi fazasidagi ilk film oʻlaroq 6-maydan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $1.1 milliarddan oshiq mablagʻ yigʻdi. Ushbu koʻrsatkich bilan kartina 2016-yilda ishlangan filmlar orasida eng kassabop film, global miqyosda esa yigirma ikkinchi eng kassabop film boʻldi. Hozirda Birinchi qasoskorning toʻrtinchi qismi ishlab chiqish bosqichida boʻlib, bu film Disney+ orqali uzatilgan The Falcon and the Winter Soldier (2021) mini-serialining davomi boʻladi, unda Kapitan Amerika qahramonini Anthony Mackie (Sam Wilson sifatida) oʻynashi kutilmoqda.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Chris Evans — Steve Rogers (Kapitan Amerika)
- Robert Downey Jr. — Tony Stark (Temir odam):
- Scarlett Johansson — Natasha Romanoff (Qora beva)
- Sebastian Stan — Bucky Barnes (qish askari)
- Anthony Mackie — Sam Wilson (Falcon)
- Don Cheadle — James „Rhodey“ Rhodes (urush mashinasi):
- Jeremy Renner — Clint Barton (Lochinkoʻz)
- Chadwick Boseman — TʼChalla (Qora pantera)
- Paul Bettany — Vision
- Elizabeth Olsen — Wanda Maximoff (Scarlet Witch)
- Paul Rudd — Scott Lang (Chumoli-odam)
- Emily VanCamp — Sharon Carter
- Tom Holland — Peter Parker (Oʻrgimchak-odam)
- Frank Grillo — Brock Rumlow (Crossbones)
- William Hurt — general Ross
- Daniel Brühl — Helmut Zemo
- Martin Freeman — Everett Ross
Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmdagi barcha musiqalar Henry Jackman tomonidan bastalangan.[2]
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
1. | „Siberian Overture“ | 2:56 |
2. | „Lagos“ | 2:10 |
3. | „Consequences“ | 2:22 |
4. | „Ancestral Call“ | 2:37 |
5. | „Zemo“ | 3:09 |
6. | „The Tunnel“ | 3:51 |
7. | „Celestial Bodies“ | 1:44 |
8. | „Boot Up“ | 5:16 |
9. | „A New Recruit“ | 1:47 |
10. | „Stepping Up“ | 1:59 |
11. | „Standoff“ | 4:01 |
12. | „Civil War“ | 4:26 |
13. | „Larger Than Life“ | 3:40 |
14. | „Catastrophe“ | 2:36 |
15. | „Revealed“ | 5:38 |
16. | „Making Amends“ | 1:34 |
17. | „Fracture“ | 4:00 |
18. | „Clash“ | 3:54 |
19. | „Closure“ | 5:32 |
20. | „Cap's Promise“ | 3:46 |
21. | „Adagio“ (Bonus track) | 2:18 |
Jami davomiyligi: | 69:09 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Captain America: Civil War (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 4-sentabr 2016-yil.
- ↑ „ʻCaptain America: Civil War’ Soundtrack Details“. Film Music Reporter (24-aprel, 2016). Qaraldi: 1 may.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Birinchi qasoskor: Qarshilik haqida turkum mavjud |