Merosxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Merosxoʻrlar
Knives Out
Merosxoʻrlar posteri.jpeg
Chiqishli poster
Rejissor Rian Johnson
Produser
Ssenariy Rian Johnson
Aktyorlar
Bastakor Nathan Johnson[1]
Kinematografiya Steve Yedlin
Muharrir Bob Ducsay
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
Distributor Lionsgate
Premyera
  • 7-sentabr, 2019-yil(2019-09-07)

(TIFF)

  • 27-noyabr, 2019-yil(2019-11-27)

(AQSh)

Davomiyligi 130 daqiqa[3]
Mamlakat AQSh
Til inglizcha
Budjet $40 million[4]
Daromad $309.2 million[5]

Merosxoʻrlar (inglizcha: Knives Out) — 2019-yilda Rian Johnson tomonidan ishlangan hamda Lionsgate tomonidan tarqatilgan Amerika sirli filmi. Film voqealariga koʻra, oilaviy yigʻilishlarning birida kechasi oila aʼzolari nazarida patriarx oʻz joniga qasd qiladi, ammo bu oʻz joniga qasd yoki kimdir tomonidan uyushtirilgan jinoyat ekanligini aniqlash maqsadida tergovchi detektiv bu boʻyicha ish olib boradi. Filmda Daniel Craig, Chris Evans, Ana de Armas, Jamie Lee Curtis, Michael Shannon, Don Johnson, Toni Collette, Lakeith Stanfield, Katherine Langford, Jaeden Martell va Christopher Plummer kabi yulduzlar rol oʻynashgan.

Merosxoʻrlar filmining jahon premyerasi 7-sentabrda 2019-yilgi Toronto xalqaro festivalida, kinoteatrlardagi premyerasi esa Amerika Qoʻshma Shtatlarida 27-noyabr 2019-yilda boʻlib oʻtdi (Lionsgate tomonidan). Film budjeti $40 millionni tashkil etadi, dunyo boʻylab esa $309.2 million yigʻishga muvaffaq boʻldi. Film 77-Oltin globus mukofotida „Musiqa yoki komediya“ turkumi boʻyicha uchta nominatsiyaga loyiq deb topildi: „Eng yaxshi motion picture“, „Eng yaxshi aktyor“ (Craig uchun), „Eng yaxshi aktrisa“ (de Armas uchun). Shuningdek, 73-Britaniya akademiya film mukofoti hamda 92-Akademiya mukofotida „Eng yaxshi original ssenariy“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, ushbu film Amerika film instituti va Milliy sharh kengashi tomonidan 2019-yilning eng yaxshi oʻn filmidan biri sifatida tanlandi.

Sujet[tahrir]

Badavlat yozuvchi Harlan Thrombey oilasini oʻzining 85 yilligi munosabati bilan tugʻilgan kun bazmiga Massachusetts shtatidagi saroyiga taklif qiladi. Ertasi kuni ertalab esa Harlanning uy bekasi Fran uni oʻlik holda, tomogʻini bogʻizlab qoʻyganini koʻradi. Politsiya bu oʻz joniga qasd qildi, deb hisoblaydi, ammo anonim tarzda yollangan xususiy detektiv Benoit Blanc bu boʻyicha tekshiruv oʻtkazadi.

Blanc Harlanning oilasi bilan munosabatlari yomonlashganini biladi: Harlan kuyovi Richardni qizi Lindaga xiyonat qilganligini aytish bilan qoʻrqitadi, kelini Joni undan yillar mobaynida pul oʻgʻirlagani uchun ruxsatnomani bekor qilib tashlaydi, oʻgʻli Waltni nashriyot kompaniyasidan haydab yubordi hamda nevarasi Ransom bilan janjallashdi.

Blancdan xabardor boʻlmay, bazmdan keyin Harlanning hamshirasi Marta Cabrera unga odatdagi dori oʻrniga tasodifan haddan tashqari morfin dozasini oshirib berib yuboradi va antidotni topa olmagandan soʻng, Harlanni bir necha daqiqaga yolgʻiz qoldirgan. Harlan Martaning onasi hujjatsiz muhojir ekanligini bilib, Martani tez yordam chaqirishiga toʻsqinlik qiladi va buning oʻrniga Martani tergovdan qutqarish uchun yolgʻon soʻzlashni tayinlaydi. Harlan keyin boshqalarni oʻz joniga qasd qilgan deb oʻylashi uchun tomogʻini boʻgʻizlaydi. Harlanning keksa onasi Marta Harlanning koʻrsatmalarini bajarayotganini koʻradi, lekin uni Ransom bilan adashtiradi.

Marta agarda yolgʻon soʻzlaguday boʻlsa, doimo qayd qiladi, shuning uchun Blanc unga savol berganida u toʻgʻri, ammo toʻliq javob bermaydi. Marta Blancning tergoviga yordam berishga rozilik berganidan soʻng, qandaydir iz axtarayotgan bir paytda oʻzining harakatlari toʻgʻrisidagi dalillarga duch kelsa, ularni yashiradi.

Harlanning vasiyati oʻqiladi: hamma hayratga tushgan, chunki barcha mol-mulkini Martaga vasiyat qilib qoldirgan. Ransom unga Thrombeylar oilasining gʻazabidan qutulishga yordam beradi. Ransom Martani iqror boʻlishga majbur qiladi va merosning ulushi evaziga oʻz yordamini taklif qiladi. Boshqa Thrombeylar Martani merosdan voz kechishga koʻndirishga harakat qiladilar; Walt esa onasining muhojir ekanligini fosh qilish bilan tahdid qiladi.

Marta anonim shikoyat xatini qisman Harlanning toksikologik hisoboti nusxasi bilan oladi. U va Ransom tibbiy laboratoriyaga boradi, ammo bino oʻt qoʻyib vayron qilingan. Marta shikoyatchi bilan uchrashishni taklif qiluvchi anonim elektron pochta xabarini oladi. Blanc va politsiyachilar Marta va Ransomni koʻrishadi va bir oz mashinani taʼqib qilishdan soʻng, Ransom hibsga olinadi; Blancning taʼkidlashicha, Harlanning onasi u oʻlgan kecha Harlanning xonasidan tushayotgan Ransomni koʻrgan.

Marta shikoyatchining oldiga boradi va u Harlanning saroyidagi uy bekasi Fran boʻladi, Marta unga haddan oshiq morfin yuborilganligini aniqlaydi. Marta Franni jinoyatda ayblashi mumkinligini anglab, ikkilanadi va Franni qutqarish uchun 911 raqamiga qoʻngʻiroq qiladi. Marta Blancga haqiqatni soʻzlab beradi, ammo Ransom bu haqda allaqachon maʼlum qilgan. Uyda Marta Franning nasha qutisiga yashirilgan toksikologiya toʻgʻrisidagi toʻliq hisobot nusxasini topadi. Blanc uni oʻqib chiqadi va Marta Thrombeylar oilasiga uning xatosi Harlanning oʻlimiga sabab boʻlganini tan olishidan oldin, uni toʻxtatadi.

Blanc oʻz mulohazalarini quyidagicha ochib beradi: Ransom Harlan barcha mol-mulkini Martaga meros qilib qoldirayotganini bilgan; Harlanning vasiyatiga binoan bir tiyinsiz qolgan Ransom, Marta Harlanni morfinni haddan oshiq yuborish bilan oʻldirishi uchun Harlanning dorivor qutisidagi dorilarni almashtiradi va antidotni oʻgʻirlaydi. Biroq, Marta aslida Harlanga dori idishiga yozilgan matnni oʻqimasdan turib, tajribali boʻlgani uchun dori hajmiga qarab, toʻgʻri dori-darmonlarni bergan va shuning uchun Harlanning oʻlimida mutlaqo aybsiz. Harlanning oʻz joniga qasd qilishi haqida xabar topganidan soʻng, Ransom anonim tarzda Blancni Martani qotil sifatida fosh qilish uchun yollagan. Keyinchalik Fran tasodifan Ransom dalillarni yashirganini koʻradi va unga shikoyat xatini yuboradi. Ransom Martaning oʻzi bilmagan holda Harlanga toʻgʻri dori-darmon berganini bilib qoladi, shuning uchun shikoyat xatini Martaga yuboradi. U Martaning aybsizligi haqidagi dalillarni yoʻq qilish maqsadida tibbiy laboratoriyaga oʻt qoʻyib yubordi. Nihoyat, u Franga haddan oshiq yuborilgan morfin yuboradi va uning manzilini Martaga elektron pochta orqali yuboradi, u Franning oʻldirilishi bilan jinoyatini yashirmoqchi boʻlgan.

Marta Franni omon qolganini aytib, yolgʻon gapirish orqali Ransomni iqror boʻlishiga urinadi; Ransom iqror boʻladi, Marta esa yolgʻon soʻzlagani uchun qayd qiladi, Ransom esa Fran haqiqatdan ham oʻlganini aniqlaydi. Jahli chiqqan Ransom orqaga tortiladigan sahna pichogʻi bilan Martaga hujum qiladi. Ransomning iqrorini yozib olgan politsiya esa uni darhol hibsga oladi.

Blanc Martaga u Harlanning oʻlimi boʻyicha tergovda rol oʻynaganini va uning poyafzalida qon izi borligini sezganligini aytadi. Linda Harlandan erining xiyonati haqida xatni topadi. Ransom hibsga olingandan soʻng, Marta Thrombeylarni hozir uniki hisoblangan uy balkonidan turib kuzatmoqda.

Rollarda[tahrir]

  • Daniel Craig roli Benoit Blanc: Dunyoga mashhur xususiy detektiv, Harlanning ishini hal qilish uchun anonim tarzda yollangan.
  • Chris Evans roli Hugh Ransom Drysdale: Harlanning nevarasi (Linda va Richardning oʻgʻli) hamda toʻpori yigit
  • Ana de Armas roli Marta Cabrera: Harlanning hamshirasi va yashirin doʻsti
  • Jamie Lee Curtis roli Linda Drysdale: Harlanning toʻngʻich farzandi
  • Michael Shannon roli Walt Thrombey: Harlanning eng kichik farzandi, Harlanga tegishli nashriyot CEOsi
  • Don Johnson roli Richard Drysdale: Harlanning kuyovi (Lindaning eri)
  • Toni Collette roli Joni Thrombey: Beva (Harlanning oʻrtancha farzandi Neilning rafiqasi)
  • Lakeith Stanfield roli Detektiv Lieutenant Elliott: Mahalliy politsiya detektivi
  • Katherine Langford roli Meg Thrombey: Harlanning nevarasi (Joni va Neilning qizi), liberal kollej talabasi
  • Jaeden Martell roli Jacob Thrombey: Harlanning nevarasi (Walt va Donnaning oʻgʻli)
  • Christopher Plummer roli Harlan Thrombey: Badavlat bir yozuvchi, 85 yoshida tugʻilgan kunidan soʻng oʻlik holda topilgan.
  • Riki Lindhome roli Donna Thrombey: Harlanning kelini (Waltning rafiqasi)
  • Edi Patterson roli Fran: Harlanning uy bekasi, u Harlanning jasadini topadi.
  • Frank Oz roli Alan Stevens: Harlanning advokati
  • K Callan roli Wanetta „Great Nana“ Thrombey: Harlanning keksaygan yuz yoshga kirgan onasi
  • Noah Segan roli Trooper Wagner: Massachusetts shtati politsiyasi detektivi hamda Harlanning kitoblari ishqibozi
  • M. Emmet Walsh roli janob Proofroc: Harlanning uyining qoʻriqchisi
  • Marlene Forte roli Cabrera xonim: Martaning onasi
  • Shyrley Rodriguez roli Alicia Cabrera: Martaning singlisi
  • Kerry Frances roli Sally: Alanning yordamchisi
  • Joseph Gordon-Levitt roli detektiv Hardrock (ovoz kameo)

Manbalar[tahrir]

  1. Nathan Johnson to Reteam with Rian Johnson on 'Knives Out'. Film Music Reporter (13-mart, 2019). 11-avgust, 2019.
  2. Fleming Jr., Mike (7-sentabr, 2018). Toronto Whopper: MRC Buys World Rights To Daniel Craig-Rian Johnson Whodunit 'Knives Out'. Deadline Hollywood.
  3. Knives Out. Toronto xalqaro film festivali. 23-iyul, 2019.
  4. Roxborough, Scott (7-sentabr, 2019). 'Knives Out' Director Rian Johnson on Shifting From 'Star Wars' to Agatha Christie-Style Whodunnit. The Hollywood Reporter. 9-sentabr, 2019.
  5. Knives Out (2019). Box Office Mojo. 16-may, 2020.

Havolalar[tahrir]