Qasoskorlar (film, 2012)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qasoskorlar
The Avengers
Avengers2012POSTER.jpg
Rejissor Joss Uidon
Produser Kevin Faygi
Ssenariy muallifi Film:
Jos Uidon
Syujet:
Joss Uidon
Zak Penn
Personaj:
Sten Li
Jek Kyorbi
Rollarda
Bastakor Alan Silvestri
Kinematografiya Sheymas Makgarvi
Muharrir Jeffrey Ford
Lisa Lassek
Studiya Marvel Studios
Distributor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Premyera sanasi 11-aprel, 2012
(El Kapitan Teatr)
4-may, 2012
(AQSh)
Davomiyligi 143 daqiqa
Mamlakat AQSh
Til Ingliz
Mablagʻ $220 mln
Daromad $ 1 518 212 988
Avvalgi film
Keyingi film

Qasoskorlar 2012-yil Amerikaning rejissor va ssenariychi Joss Uidonning superqahramon janridagi Marvel Comicsdan tushirilgan Qasoskorlar jamoasiga asoslangan film. Film premyerasi AQShda 4-may, 2012-yilda boʻlib oʻtdi. Filmning daromadi dunyo boʻyicha alohida oʻrin egallab turibdi. Qasoskorlar filmi distributor Walt Disney Studios va Motion Pictures tomonidan suratga olingan oltinchi filmdir. Undan avvalgi beshta film 2008-yildan 2011-yilgacha suratga olingan edi. Filmning syujetida bosh personajlarni Marvelning Temir odam, Kapitan Amerika, Tor, Halk, Qora beva va Lochin koʻzlar yoritib bergan. Syujetda yovuz personajni qudratli Torning oʻgay ukasi xudo Loki yoritib bergan. U butun dunyoni boʻysintirmiqchi edi. Ammo ularga qarshi Qasoskorlar jamoasi kurashadi.

Filmni rejissyor va ssenariychi Zak Penn suratga olmoqchi boʻladi va ssenariy yozadi. Marvel Studios kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan bu film daromadi $1,6 milliard dollar miqdorida mablagʻ toʻplashga muvofiq boʻldi va eng kassabop filmlar roʻyxatida alohida oʻrin egalladi. AQShda 2012-yili Golivudning mashhur teatrlaridan biri El Kapitan teatrida film premyerasi boʻlib oʻtdi. Film 2D, 3D, hamda IMAX 3D formatlarda suratga olingan. Film syomkasi 2011-yilda suratga olina boshlagan. Syomka Ogayo shtati, Nyu Meksika va Nyu York shahrida boʻlib oʻtdi. Film sikvellari 2015-yildagi Qasoskorlar: Altron erasi, 2018-yildagi Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmlaridir.

Syujet[tahrir]

Asgard dan Torning o‘gay ukasi xudo Loki yerni bosib olmoqchi bo‘ladi. Temir odam, Kapitan Amerika va Halk unga qarshi kurashadi. Ularga Lokining akasi Tor qo‘shiladi. Hamma superqahramonlar birlashib Qasoskorlar jamoasi tuzishadi. Ularga ikki superqahramon ya‘ni Qora beva va Lochinko‘z yordam berishadi. Oxir oqibatda Loki taslim bo‘ladi. Tor Lokini uyi ya‘ni Asgard ga olib ketadi...

Bosh rollarda[tahrir]

Qasoskorlar filmi aktorlari Comic-Conda
Aktyor Rol
Robert Dauni-kenja Toni Stark / Temir odam Toni Stark / Temir odam
Kris Evans Stiv Rojjer / Kapitan Amerika Stiv Rojjer / Kapitan Amerika
Mark Ruffalo Bryus Benner / Halk Bryus Benner / Halk
Kris Hemsvort Tor Tor
Skarlet Yoxansson Natasha Romanoff / Qora beva Natasha Romanoff / Qora beva
Jeremy Renner Klint Barton / Lochinkoʻz Klint Barton / Lochinkoʻz
Tom Hiddleston Loki Loki
Samuel L.Jekson Nik Fyuri Nik Fyuri
Klark Gregg Fila Kolson Fila Kolson
Stellan Skarsgård Erik Selvig Erik Selvig
Kobi Smalders Mari Hill Mari Hill
Gvinet Paltrou Maksiliano Hernández Maksiliano Hernández

Sikveli[tahrir]

Qasoskorlar: Altron erasi[tahrir]

Film sikvelining ilk premyerasi 2015 yilda New York Coming Soonda boʻlib oʻtdi. Undan keyin Temir odam 3 filmi suratga olindi. Filmning boshqacha nomi Qasoskorlar 2 nomidir. Sikvelda yovuz personajni Altron personaji aktyori Jeyms Speyder ijro etadi. Qasoskorlar: Altron erasi filmi premyerasi AQShda 1-may kuni 2015-yili namoyishi boʻlib oʻtdi.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi[tahrir]

Film sikveli Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmining ilk premyerasi 23-aprel, 2018 yili Dolby Teatrlarda ommaga havola etildi. Film rejissyori Entoni va Jo Russodir.

Qasoskorlar 4[tahrir]

Film sikveli Qasoskorlar 4 badiiy filmining premyerasi 2019-yil 4-may kuni boʻlib oʻtadi.

Video o‘yin[tahrir]

Asosiy maqola: Marvel Avengers: Battle for Earth.

Kompyuter o‘yini Wii U, Xbox 360 Kinect, Microsoft Windows, PlayStation 3 va THQ kabi kompyuter dasturlariga to‘g‘ri keladi. Bu video o‘yinni Blue Tongue Entertainment namoyish etadi. Bu video o‘yin Marvel Avengers: Battle for Earth o‘zbekchasiga Marvel Qasoskorlari: Yer uchun jang maydoni Wii U va Xbox 360 Kinect lar uchun mo‘ljallangandir.

Undan so‘ng Marvel Pinball, Zen Pinball 2, Pinball FX 2 o‘yinlari ham ommaga havola qilindi. Bu o‘yin esa PlayStation 3, PlayStation Vita va Xbox 360 kabi kompyuter dasturlariga mo‘ljallangan.

Manbalar[tahrir]