Chovgi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Metall chovgi.

Chovgi teshiklari bor tovoq boʻlib, qaynatilgan lagʻmon yoki guruchni quritish uchun ishlatiladi. Bunda suv teshiklardan oqib tushib, chovgida faqat taom qoladi. Oʻzbek oshxonasi chovgi koʻpincha uzun dastakli boʻlib, qozondan taom boʻlaklarini chiqarib olish uchun ham ishlatiladi.

Chovgilar yengil metalllardan, xususan aluminiy yoki yupqa zanglamas poʻlatdan yasaladi. Zamonaviy chovgilar shuningdek plastik, kremniy, keramika yoki emaldan ham tayyorlanadi.[1]

Diniy ishlatilishi[tahrir]

Ayrim pastafarianlar chovgini anʼanaviy diniy bosh kiyim sifatida kiyishadi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Colander. CooksInfo.com. Published 02/12/2007. Updated 10/15/2010. Web. Retrieved 11/30/2012 from http://www.cooksinfo.com/colander
  2. Austrian driver allowed 'pastafarian' headgear photo. BBC (14-iyul 2011).