Chimqoʻrgʻon makoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chimqoʻrgʻon makoni — chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar qarorgohi (miloddan avvalgi 1ming yillikning boshlari). Qashqadaryo viloyatidagi Chimqoʻrgʻon suv omborining jan. qirgʻogʻida. Arxeolog Duke Xuan tomonidan topilgan (1970). 1972-yil ning aprel—may oylarida tekshirilgan. Makonning katta qismi suv ostida qolib buzilgan. Tepalikda saqlanib qolgan qismining sharkdan gʻarbga tomon uz. 22-24 m, eni shim.dan jan.ga 7 m, balandligi 1,6 m. Chimqoʻrgʻon makonidan 7 mingga yaqin sopol parchalari, hayvon suyaklari, yorgʻuchoq, jez parchasi va boshqa topilgan. Sopol buyumlarning koʻpchiligi qoʻlda yasalgan tuvak, tovoq va tovalardan iborat. Baʼzi idishlarga loy boʻlakchalari yopishtirib bezatilgan, ayrimlarida mato izlari saqlanib qolgan.

CH.m.ning sopol buyumlari miloddan avvalgi 1ming yillikning boshlari va 7-asrlarda chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalarning makonlaridan topilgan buyumlarga oʻxshaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Chimqoʻrgʻon makoni" OʻzME. Ch-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil