Chetan (buta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Cherkez
Sorbus aucuparia aka rowan.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binomial nomi
Salsola richteri

Chetan (Sorbus L.) — raʼnodoshlarga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻrta Osiyoda Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Ugom, Chatqol, PomirOlay, Fargʻona togʻlarida 3 turi: kizil Ch. (S.tiarischanica), turkiston Ch.i (jagisi) (S. turkestanica) va fors Chetan (buta) (S. persica) uchraydi. Qizil Ch. kupincha, archa, oq qayin, shilvi kabilar bilan birga dengiz sathidan 1800–3000 m balandaikda aralash oʻrmonlar hosil qilib usadi. Buii 3–5 m. Ildizi 7–8 m chukurlikkacha tarkaladi. Gullari yirik. Iyun oyida gullab, avg .sentabrda meva beradi. Mevasi qizil, taxirachchiq yoki shirin, birinchi sovukdan keyin qoʻngʻir tusga kiradi. Mevasida S. vitamini, 4—13,7% qand moddasi, urugʻida 22% moy, poʻstlogʻida 14% tannid bor. Yogʻochidan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Barglaridan jigarrang boʻyoq olinadi. Qizil Ch.ni urugʻidan, ildizpoyasidan kupaytirish mumkin. Ch. 60—100 yil yashaydi. Ch.ning hamma turlari kimmatli urmon, mevali, manzarali va asal beruvchi oʻsimlik hisoblanadi.

Atirguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar va butalar turkumi, manzarali va mevali oʻsimlik. Shim. yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida 100 ga yaqin turi oʻsadi. Mevasi 2—5 uyli mayda olma. Aynik,sa, koʻproq oddiy P. (S.aucuparia) ekiladi. Daraxti (bal. 15 m gacha) yoki butasining poʻstlogʻi silliq, kulrang , mevasi yumaloqsharsimon, qizil. Qushlar uchun oziq hisoblanadi. Mevasi tarkibida 4—8% qand (fruktoza, glyukoza, saharoza), 2,7% gacha olma, limon, uzum va kahrabo ktalari, pektin va oshlovchi moddalar, askorbin kta (200 mg% gacha), karotin (20 mg%) va vitamin RR mavjud. Poʻstlogʻida 14% tanin, urugʻida esa 22% gacha moy mavjud. Sent.okt. oylarida pishadi. R. vegetativ usullar (parhish, ildizidan, bachkisidan, payvandlash) bilan koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi. Qandolat i.ch.da, marmelad, pastila, murabbo, shuningdek, vino, likyor, sirka, kvas tayyorlashda ishlatiladi.

Yevropaning Shim.Gʻarbida va Sibirda sibir R.si (S. sibirica) oʻsadi. Qrim, Jan.Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz atroflarida bogʻ R.si (S. domestica) bogʻlarga ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil