Cheraman juma masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Cheraman juma masjidi
Masjidning 2021-yil sentyabrdagi holati
Mamlakat  Hindiston
Shahar Kerala
Koordinatalar 10°13′12″N 76°11′38″E / 10.22°N 76.194°E / 10.22; 76.194 G OKoordinatalari: 10°13′12″N 76°11′38″E / 10.22°N 76.194°E / 10.22; 76.194 G O
Yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
1568-yil

Cheraman juma masjidi (malayalamcha: ചേരമാൻ ജുമാ മസ്ജിദ്‌, arabcha: مسجد الرئيس جمعة) Hindistonning Metlaẖ shtatidagi Kerala hududida joylashgan masjid[1]. Afsonaga koʻra, u milodiy 643-yilda qurilgan[2], shu sabab u Hindiston yarimorolidagi eng qadimgi masjiddan biri hisoblanadi[3][4]. U hozirgi Keralaning Chera qiroli Cheraman Perumalning vorisi buyrugʻi bilan qurilgan. Masjid Kerala uslubida qurilgan boʻlib, bu uning tarixi haqidagi daʼvolarni yanada ishonchli qildi[5]. Biroq, boshqa olimlar bu holatga shubha bilan qarashadi va meʼmorchilik uslubiga asoslanib, inshootni XIV-XV asrlarga tegishli deb hisoblashadi[6].

Masjid 1504-yilda Lopo Soares de Albergaria Kodungallur portiga hujum qilgan vaqtda portugallar tomonidan vayron qilingan. Eski bino 1504-yil de Algabariya hujumidan biroz vaqt oʻtgach bunyod etilgan (yaʼni, 16-asr oʻrtalaridan 17-asr boshlariga qadar). 1984-yilda zamonaviy yoʻlak va zallar qurilgan. Eski binoni oʻrab turgan 1984-yilgi kengaytmalar eski binoning deyarli barcha tashqi xususiyatlarini yashirgan[7].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning eski koʻrinishi

Baʼzi rivoyatlarga koʻra, Cheraman Perumal („Cheraman Perumal“ Chera qirollari tomonidan berilgan unvon) oyning boʻlinishiga guvoh boʻlgan, bu gʻayritabiiy hodisa Qur’onda[8] Makkaliklar tomonidan soʻralganda Muhammad paygʻambar tomonidan amalga oshirilgan moʻjiza sifatida tilga olingan. Sarosimaga tushib qolgan Qirol munajjimlari bilan bu voqea nima sabab sodir boʻlganini muhokama qiladi, lekin nima qilishni bilmasdi. Malabar portidagi gavjum dunyo bozoriga kelgan arab savdogarlari qiroldan Seylonga tashrif buyurish uchun ruxsat olishga harakat qiladilar. Podshoh ular bilan suhbatda Muhammad paygʻambar haqida bilib, oʻgʻlini oʻz saltanatining regenti qilib qoʻyadi va arab savdogarlari bilan birga u kishi bilan uchrashish uchun ketadi.

Hikoyada aytilishicha, Cheraman Perumal Arabistonga Muhammad va uning hamrohlari uchun zanjabil bilan tuzlangan bodring kabi sovgʻalar bilan kelgan[9] va „Muhammad paygʻambarning oyoqlari ostida tiz choʻkib“ Islomni qabul qilgan.

Tarixchi MGS Narayananning soʻzlariga koʻra, „oxirgi Chera shohi islomni qabul qilib, Makkaga ketgani haqidagi rivoyatni rad etishga hech qanday sabab yoʻq, chunki u nafaqat musulmon yilnomalarida, balki hindu braxmanik yilnomalarida ham akslantiriladi. Brahmanlar yoki hindu aholisining obroʻsini hech qanday tarzda oshirmaydigan bunday ertakni mahalliy aholining oʻzi oʻylab topgan boʻlishi mumkin emas.“[10][11] Olim Mehrdod Shokuhiy bu kabi afsonalarning sanalaridagi farqlarni topishga muvaffaq boʻladi[12].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Paravur – Kodungalloor yoʻlida, Kerala shtatining Trissur tumanidagi Kodungalloor talukidagi NH-66da joylashgan.

Aven (ruhoniy) ni tayinlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyoratgoh tresti prezidenti Chellikkattil Sundaranning soʻzlariga koʻra, Malappuramning Tanur shahridagi Shobhaparamba Sreekurumba Bhagavati ibodatxonasining aveni (ruhoniy) anʼanaviy ravishda mahalliy Thiyadan boʻlgan Pajayakhat Ilom Brahminlar oilasi aʼzosi tomonidan tayinlangan. Yillar davomida oila parchalanib ketgan va uning qolgan aʼzolari Islomni qabul qilganlar, ammo ziyoratgoh maʼmuriyati ham, oila ham mazkur anʼanani haligacha davom ettirib kelmoqda. Ibodatxonaning hindu ruhoniysi maxsus marosim davomida har 12 yilda bir marta tayinlanadi, unga Pajayakath oilasining musulmon aʼzosi rahbarlik qiladi va u avenni rasmiy ravishda eʼlon qiladi. Mahalliy aholi bu doʻstlikni Cheraman Perumal bilan bogʻlaydi[13].

Travankorning Maharojalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Makkattupoya Perumal“ yoki „Makkaga borgan qirol“ afsonasi Kerala xalqi xotirasida saqlanib qolgan va ayrim taxminlarga koʻra, Hindistonning mustaqillikdan oldingi Travankor shahzodasi mahorajalari qasamyod qilish chogʻida shunday deyishgan: „Men Makkaga ketgan amakim qaytib kelguniga qadar bu qilichni saqlayman“[14].

Mashxur tashrifchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kerala Tourism – Official Website Cheraman Juma Mosque
  2. Ron Geaves. Islam and Britain: Muslim Mission in an Age of Empire. Bloomsbury, 2017 — 6 bet. ISBN 978-1-4742-7175-2. 
  3. „Mosque in Kerala dates back to the Prophet's time“. The Times of India.
  4. Anandan, S.. „Tinkering with the past“. The Hindu (2015-yil 19-iyul).
  5. „Cheraman Juma Masjid: Kerala mosque built during Prophet's lifetime“.
  6. Shokoohy, Mehrdad „Muslim Architecture of South India: The Sultanate of Maʼbar and the Traditions of the Maritime Settlers on the Malabar and Coromandel Coasts (Tamil Nadu, Kerala and Goa)“ Psychology Press, 2003, p. 139-142.
  7. Shokoohy, Mehrdad.
  8. „Surah Al-Qamar [54:1“] (en-US). Surah Al-Qamar [54:1]. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  9. „The Kerala king who embraced Islam“ (en). Arab News (2012-yil 9-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  10. M. G. S., Narayanan. Perumals of Kerala: Political and Social Conditions of Kerala Under the Cēra Perumals of Makotai (c. 800 A.D.-1124 A.D.). Kerala (India): Xavier Press, 1996 — 65 bet. 
  11. Raṇṭattāṇi, Husain. Mappila Muslims: A Study on Society and Anti Colonial Struggles (en). Other Books, 2007. ISBN 9788190388788. 
  12. Shokoohy, Mehrdad.
  13. „Where traditions break communal divisions - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  14. Katz, Nathan. Who Are the Jews of India? (en). University of California Press, 2000-11-18. ISBN 9780520213234. 
  15. „Kerala News : President visits oldest mosque in sub-continent“. The Hindu (2005-yil 30-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  16. „Shashi Tharoor on Twitter“ (en). Twitter. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.