Chelsea Liu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chelsea Liu
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Oldin vakil boʻlgan Xitoy bayrogʻi Xitoy
Tavalludi 31-dekabr 1999-yil (1999-12-31) (24 yosh)
Marshall, Missouri
Boʻyi 1.58 m (5 ft 2 in)
Sherigi Daniel O'Shea
Oldingi sheriklari Brian Johnson
Murabbiyi Todd Sand
Jenni Meno
Jamoasi Saint Paul FSC
Uchishni boshlagan 2006
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 62.55
Erkin dastur 119.94

Chelsea Liu (talaffuzi: Chelsi Liu; 1999-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — Amerika va Xitoy vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan muz raqqosasi. Hozirda AQSh vakili sifatida Daniel O'Shea bilan juftlikda konkida uchmoqda. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Brian Johnson bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan otkazilgan Challenger musobaqalarida ishtirok etib, ikkita medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular bir marta ISU Oʻsmirlar Gran-pri finalida va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birga ishtirok etishgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu konkida uchishni 2006-yilda boshlagan U 2010-yil iyul oyida Devin Perini bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2013-yilda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan otkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) seriyasida debyut qilishgan va 2014-yilgi AQSh chempionatida o‘smirlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritishdan oldin Gran-pining ikkala bosqichda qatnashib, beshinchi o‘rinni egallagan.

Johnson bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu 2014-yilning may oyida Brian Johnson bilan juftlik hosil qilgan Ularga Kaliforniyaning Orinj okrugida Todd Sand va Jenni Meno murabbiylik qilgan[1].

Liu / Johnson juftligi 2014 — 2015 -yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ishtirok etgan. Germaniyada va Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Xorvatiyaning Zagreb shahridagi turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2]. Juftlikning natijalari ularga Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish huquqini bergan va bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egallagan. 2015-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi kumush medalni qoʻlga kiritgach, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Bu juftlik chempionatning qisqa dastur namoyishi bo‘yicha 5-o‘rin, erkin dasturda esa 8-o‘rinni egallab, umumiy hisobda 7-o‘rindan joy olgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johnson bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017 — 2018

2016 — 2017

2015 — 2016

  • Beauty and the Beast

    Alan Menken
2014 — 2015

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Johnson bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
CS US Classic 3
CS Warsaw Cup 2 6
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 7 5 7
JGP finali 6
JGP Avstriya 8
JGP Xorvatiya 4
JGP Chexiya Respublikasi 3
JGP Germaniya 3
JGP Polsha 5
Milliy
AQSh chempionati 2-J 6 7
Darajalar: J = Oʻsmirlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Chelsea LIU / Brian JOHNSON: 2016/2017“. International Skating Union. 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „2021 Cranberry Cup International Senior Pairs“. ijs.usfigureskating.org.
  3. „Chelsea Liu and Brian Johnson“. IceNetwork.com. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.