Chalob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek chalobi

Chalob — suzmaga (boshqa nomi chakki) suv aralashtirib tayyorlanadigan ichimlik. Qishloq joylarda, ayniqsa jazirama yoz payti salqinlashtiruvchi xosiyati uchun Markaziy Osiyo aholisi tomonidan sevib istemol qilinadi. Chalob Oʻzbekistonning markaziy va shimoliy-sharqiy qismlarida tayyorlanadigan ayrondan tayyorlanish usuli va mazasi bilan farq qiladi.

Dasht yoki togʻ chaloblari oʻzining seryogʻliligi bilan ajralib turadi va shuning uchun boshqa shaharda yoki choyxonalarda qilinadiganlaridan ustun hisoblanadi. Chalobning yogʻi, agar suvni sal teparoqdan sekinlik bilan suzmaga solinsa, shunda koʻpiksimon shaklda paydo boʻladi.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Suzmaga muntazam ravishda, bir maromda suv qoʻshilib aralashtiriladi. Qanchalik quyuq yoki suyuq boʻlishi tayyorlovchining tabiga bogʻliq.
  2. Yashil koʻkatlar (shivit, shavil), bodring, pomidor, rediska solinadi.
  3. Qoʻshimcha ravishda qaynatilgan goʻsht yoki tuxum maydalab solinadi.
  4. Tuzlanadi.

"Chalob" soʻzining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi taxminlarni aytish mumkin:

  • «chala» va «ob» (forscha «suv») soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan;
  • «chalmoq» feʼlidan (baʼzi oʻzbek shevalarida, masalan Qarshi aholisi shevasida chalmoq«aralashtirish» maʼnosini bildiradi)