Ayron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayron

Ayron – 1) qatiqning kuv (guppi)da moyi ajratib olingandan soʻng qolgan suyuq qismi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida chalob ham A. deb ataladi. Ichimlik sifatida ishlatiladi. A.ning suvi maxsus tayyorlangan xaltadan oʻtkazilib, suzma (chakki) tayyorlanadi, suzmadan qurt qilinadi. Odam uchun foydali mod-dalarga boy; 2) qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oshkoʻklar, muz qoʻshib tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil