Cathryn Bradshaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cathryn Bradshaw
Tavalludi
Cathryn Ann Bradshaw

13-yanvar 1964-yil (1964-01-13) (60 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa

Cathryn Bradshaw (1964-yil 13-yanvar, Blackpoolda tugʻilgan) — angliyalik aktrisa. Oranges Are Not the Only Fruit filmidagi roli bilan tanilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cathryn Bradshaw 1964-yilda Blackpoolda tugʻilgan va Lancashire shtatidagi Poulton-le-Fylde shahrida oʻsgan hamda u yerdagi Breck maktabida oʻqigan. U Bristoldagi Bristol Old Vik teatr maktabida Louise Plowrigh va Mark Strong bilan birga tahsil olgan va 1987-yilda uni tamomlagan[1].

U 1989-yilda Lancashireda aktyor Mark Strongga turmushga chiqadi, biroq bir necha yildan keyin nikoh ajralish bilan yakunlanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bredshoning birinchi televizion roli 1988-yilda The Storyteller epizodida malika rolini ijro etganida paydo boʻlgan. Keyingi yili u Inspector Morsedagi bir epizod ((„The Secret of Bay 5B“))da va 1989-yilda Robert Lindsay hamda Robbie Coltrane bilan birga Bert Rigby, You're a Fool komedik musiqiy filmida koʻrinish beradi.

Keyinchalik, 1990-yilda u mashhur BBC televizion dramasida Charlotte Coleman Oranges Are Not the Only Fruit Melanini obrazini gavdalantiradi. U shuningdek, ITV kriminal dramasi Chancerning toʻrtta epizodida paydo boʻlgan. Aktrisa 1990-yillar davomida bir qancha televizion chiqishlarni amalga oshirgan[2]. 1996-yilda Bradshaw Royal National Theatreda Helen Edmundson rejissorligi ostida suratga olingan Lev Tolstoyning Urush va tinchlik romaniga asoslangan shu nomli moslashuvida paydo boʻladi va 1997-yildan 1999-yilgacha u Royal Shakespeare Company aʼzosi edi. Aktrisa Down to Earth va Midsomer Murders filmlarida ham rol oʻynagan[2].

2003-yilda u Paula rolini Deniel Craigga bilan birgalikda romantik drama filmi The Mother, 2004-yilda esa BBC musiqiy dramasida Blackpool Mary Webb rolini o‘ynagan[2]. Bradshaw 2006-yilda ikkita filmda suratga tushgan. Dastlab, romantik komediya Venusda Jillian sifatida namoyon boʻladi. Aktrisa Like Minds psixologik trillerida Helen Colbie rolida paydo boʻldi. U Buyuk Britaniyadagi Channel 5 va Paramount Comedy telekanallarida namoyish etilgan Suburban Shootout satirik qora yumorga ega teleserialda Margaret Littlefair rolini gavdalantiradi. 2007-yilda u BBCning Lead Balloon sitkomining epizodida paydo boʻldi[2].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
1989 Bert Rigby, You’re a Fool Laurel Pennington
2003 The Mother Paula
2006 Venus Jillian
2006 Like Minds Helen Colbie

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
1988 The Storyteller Malika
1989 Inspector Morse Janice
1990 Oranges Are Not the Only Fruit Melanie
1990 Chancer Sonya Morris
1990 Portrait of a Marriage Chambermaid
1991 Boon Meia
1991 Casualty Monica Larwood
1992 Agatha Christieʼs Poirot Mary Drower
1993 Black Daisies for the Bride Young Kathleen
1993 Frank Stubbs Promotes Joanne
1995 The Bill Anna Fox
1999 People Like Us
2000 The Tree with the Golden Apples Marieke (ovoz)
2003 Down to Earth Jude
2004 Midsomer Murders Anne Marr
2004 Peep Show Raqs sinf rahbari
2004 Blackpool Mary Webb
2005 The Last Detective Vicky Kingwell
2005 The Golden Hour Beth Stanley
2005 Look at Me I’m Beautiful Emma Westerly
2006-2007 Suburban Shootout Margaret Littlefair
2007 Lead Balloon Sheryl
2009 Stewart Leeʼs Comedy Vehicle Har xil rollar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Ridings Arts Centre and The Bristol Old Vic Theatre School“. The Ridings Arts Centre. 2010-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Cathryn Bradshaw“. Internet Movie Database. Qaraldi: 2008-yil 5-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]