Bol hovuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bol hovuz
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°22′33″N 60°21′13″E / 41.375894806689146°N 60.353562640427214°E / 41.375894806689146; 60.353562640427214 G OKoordinatalari: 41°22′33″N 60°21′13″E / 41.375894806689146°N 60.353562640427214°E / 41.375894806689146; 60.353562640427214 G O
Turi hovuz
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asos solinishi XIX asr
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Qurilish materiali pishiq gʻisht
Map
Bol hovuz uyi xaritada

Bol hovuz – Xorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. XIX asrda barpo etilgan hovuz. Hozirda Xiva shahridagi Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻini, Qodir Yoqubov koʻchasida joylashgan. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bol hovuz Xiva shahrini aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida XVIIIXIX asrda qurilgan. Tarixiy manbalarda XX asr boshlarida Xiva shahrida oʻn toʻrtta hovuzlar boʻlgani qayd etilgan. Bugungu kunda ulardan yettitasi saqlanib qolingan. Bol hovuz Ichan qalʼaning shimoliy darvozasi boʻlgan Bogʻcha darvozasi yonida, Dishan qalʼaning janubida barpo etilgan. Maʼlumotllarga koʻra, mazkur hovuz Muhammad Aminxon hukmronligi davrida qurilgan. Xiva shahridagi barcha hovuzlar singari mazkur hovuzga ham Amudaryodan Polvonyop kanali orqali suv olib kelingan[2]. Hovuz atrofiga qayragʻoch, tut daraxti va gujumlar ekilgan. Ular Bol hovuzning salqin iqlimini taʼminlab turishgan. Hovuzga suv bir tarafdan kirib, boshqa tarafdan chiqib turgan[1]. Shuning uchun hovuzning suvi doimo toza ichishga yaroqli boʻlgan. Hovuzda barcha odamlar oʻzining idishi bilan suv olishi taqiqlangan, ushbu ish bilan maxsus tayinlangan odam shugʻullangan. Shuningdek, bu odam suvning tozaligiga ham javobgar boʻlgan[3].

Bol hovuz toʻrtburchak shaklda boʻlgan boʻlib, umumiy oʻlchami 43x45x44x36 metr, chuqurligi esa 1,6 metrni tashkil qilgan. Mazkur hovuzning suvi shirin va totli boʻlishi tufayli aholini uni shunday nomlashgan[1]. Bol hovuzning yonida „Muzkoʻmar“ sardobasi qurilgan. Sardobada hovuzning totli suvi va muz saqlangan. Qish faslida hovuzning suvi muzlashi sababli maxsus tarzda boʻlak-boʻlak qilib, hovuzdan muz boʻlaklarini olinib, yoz fasligacha saqlash uchun „Muzxona“ga olib borib qoʻyilgan. Hovuzdan olingan muz boʻlaklari muzxonadagi yerga 10 metr chuqurlikda saqlangan hamda bu muz boʻlaklarida xonlar, amaldorlar, shuningdek, oddiy aholi ham foydalangan. Bugungi kunga kelib, hovuzda suvning kirish-chiqish yoʻllari yopilib ketganligi tufayli hovuzda suv mavjud emas[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]