Bilakuzuklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bilakuzuklar
Ablepharus kitaibelii 01.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binomial nomi
Ablepharus

Bilakuzuklar, ilonquyruqlar (Ablepharus) — ssinklar oilasiga mansub kaltakesaklar urugi. 32 taga yaqin turi bor. Jan.Gʻarbiy Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya va Tinch okeani o.larida tarqalgan. Boʻyi 11 sm ga yaqin. Oʻzbekistonda Osiyo B. (A. brandti), Markaziy va jan. hududlarda choʻl B. (A. deserti), deyarli hamma joylarda va Toshkent viloyatining togli hududlarida oloy B. (A. alaicus) tarqalgan. B.ning oyoqlari zaif, 2 — 5 barmokli. Tanasi koʻpincha toʻq kulrang , ikki yonida qoramtir yoʻllari boʻladi. Ana shuning uchun bilakuzuklar deb ataladi. Dasht, choʻl, togʻ va oʻrmonlarda yashaydi, tez harakat qiladi. Kalin oʻtlar orasida qisqa oyoqlarini bagʻriga bosib, ilonga oʻxshab yurgani uchun ilonquyruq deb ham ataladi. B. xavf tugʻilganida toshlar orasiga, kovaklarga yoki boshqa hayvonlar uyalariga yashirinadi. Koʻp turlari tuxum qoʻyadi. Baland togʻlarda yashaydigan turlari tirik tugʻadi. B. turli hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil