Besharcha togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Besharcha togʻiSurxondaryo viloyati Uzun tumani hududidagi Bobotogʻ tizmasining janubida. Oʻzbekiston bilan Tojikiston chegarasi tutashgan joyda. Oʻrtacha balandlikda, eng baland joyi 1766 m. Gʻarbiy yon bagʻri qiyaroq, sharqiy yon bagʻri esa tik jarlik. Yer usti juda parchalangan, kanonsimon daralar, chuqur quruq soy koʻp. Quyi boʻr, yuqori yuraning tuzli va gipsli ohaktosh yotqiziqlari keng tarqalgan sharqiy qismida karst qodisasi rivojlangan. Iqlimi quruq, keskin kontinental. Yogʻin miqdori 300–500 mm. Boʻz tuproq, jigarrang togʻ tuproqdari tarqalgan. Efemeroid oʻsimliklar, ayrim qismlarida lista, bodom, oʻsadi. Buloqdar, qish va bahor oylarida oqib yozda qurib qoladigan soylar bor. Yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil