Kontent qismiga oʻtish

Ben Foster (futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Benjamin Anthony Fosterdan yoʻnaltirildi)
Ben Foster
Foster playing for West Bromwich Albion in 2017
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ben Anthony Foster[1]
Tavallud sanasi 1983-yil 3-aprel (1983-04-03) (43 yosh)[2]
Tavallud joyi Leamington Spa, England
Boʻyi 6 ft 4 in (1.93 m)[3]
Ampluasi Goalkeeper
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2000 Racing Club Warwick
Total 505 (0)

Benjamin Entoni Foster (inglizcha: Benjamin Anthony Foster1983-yil 3-aprelda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi va darvozaboni hisoblanadi. Angliya terma jamoasida ham faoliyat olib boradi.

„Manchester United“ safida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 19-iyulda Ben 1 million funt sterling evaziga „Stok City“dan „Manchester United“ga oʻtgan. Foster 2005-yildan 2007- yilgacha „Uotford“da oʻynagan. „Uotford“ bosh murabbiyi Endi Butroyd Foster „Manchesterning hozirgi darvozaboni Edvin van der Sardan yaxshiroq“ ekanligini aytgan va Foster dunyoning eng yaxshi darvozaboni boʻlishi mumkinligiga ishonch bildirgan. Ser Aleks Fergyusonning fikricha, Ben Foster Edvin van der Sar ketganidan keyin „United“ning „birinchi raqamli“, shuningdek, Angliyaning birinchi raqamli darvozaboni boʻlishi lozim edi.

2007-yilning yozida Foster oʻng tizzasida operatsiya qilingandi. Ben 2008-yilning boshida toʻliq mashgʻulotlarni boshlagan va u faqat 6-mart kuni „ManchesterUnited“ va „Midlsbro“ zaxira oʻyinida maydonga tusha olgan. Foster „United“dagi debyutini 1-5mart kuni „Derbi Caunti“ga qarshi oʻtkazgan.

„Birmingem City“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Ben „Birmingem City“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Darhol tarkibga kirib, u jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangan. „Chelsea“ga qarshi oʻyinda Drogbaning zarbasini Benks uslubi qaytargan. Uchrashuv 1:0 hisobida birmingemlik futbolchilar foydasiga hal boʻlgan[4].

„Vest Bromvich Albion“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning yozida „Vest Bromvich“ga ijaraga berilgan va 2012-yilning 29-iyunida „Blackbirds“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan[5].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fosterning ilk xalqaro chaqiruvi 2006-yilda Angliya terma jamoasi Stiv Maklaren qoʻl ostida Gretsiyaga qarshi oʻynaganida sodir boʻlgan. Ben milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ispaniya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan, u inglizlarning 0: 1 hisobida magʻlubiyati bilan yakunlandi. 2008-yilning sentyabr oyida zaxira oʻyinida toʻpigʻidan jarohat olgan hamda 2 oyga safdan chiqgan[6].

„Manchester United“

  • Futbol Ligasi kubogi sohibi (2): 2009, 2010

„Birmingem City“

  • Futbol ligasi kubogi sohibi: 2011-yil
  • Alan Hardecker mukofoti (2): 2009, 2011
  1. ↑ „FIFA Club World Cup Japan 2008 presented by Toyota: List of Players“. FIFA (2008-yil 5-dekabr). 2008-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-yanvar.
  2. ↑ The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 156-bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  3. ↑ „Player profiles: Ben Foster“. Birmingham City F.C.. 2010-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. ↑ „Ben Foster signs for West Brom from Birmingham City“ (en). bbc.com. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-fevral.
  5. ↑ „Ben Foster signs for West Brom from Birmingham City“ (en). bbc.com. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-fevral.
  6. ↑ „Keir Murray. Celtic 1-1 Man Utd. BBC Sport. 05.11.2008.“. 2008-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-noyabr.