Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Mamatkarimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich
 O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2024-yil 29-martdan - hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Andijon tumani hokimi
Mansab davri
2022-yil 22-oktyabrdan – 2024-yil 29-martga qadar
Oʻtmishdoshi Abdujabbor Egamberdiyev
Vorisi Bobur Yuldashev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1980-yil
Qo‘rg‘ontepa tumani
Millati o‘zbek

Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov - (1980-yil, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2022-2024-yillarda Andijon tumani hokimi[1], 2024-yil 24-martidan buyon Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov 1980-yil Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan boʻlib, 2000-yilda Toshkent moliya institutining moliya va kredit, 2013-yilda Bank-moliya akademiyasining bank ishi yoʻnalishini, 2021-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda "Asakabank" davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valyuta shoʻbasi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan. 2003—2007-yillarda „Asakabank“ davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali kredit boʻlimi mutaxassisi, valyuta va savdo amaliyotlar boʻlimi boshligʻi, kredit boʻlimi bosh mutaxassisi, filial ichki nazorat sektori mutaxassisi, jamgʻarma amaliyotlar shoʻbasi mudiri, 2007-2009-yillarda Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish boʻlimi iqtisodchisi, Banklar va nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish boʻlimi iqtisodchisi, 2009-2016-yillarda "Trastbank" xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi, Ichki audit departamenti direktori, 2016-2019-yillarda „Neftgazinvest“ mas’uliyati cheklangan jamiyati tuzilgan shartnomalarning ijrosini monitoring qilish boʻyicha guruhi rahbari, 2019-2020-yillarda „OʻzLITIneftgaz“ AJ boshqaruvi raisining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari, 2020-2022-yillarda „Oʻztransgaz“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining moliya va marketing boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2022-2024-yillarda Andijon tumani hokimi vazifasida ishlagan[3].

Baxtiyor Mamatkarimov 2024-yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan[4] [5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]