Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Hasanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Hasanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Vaxapovich Hasanov
Tavalludi 28-iyul 1961-yil (1961-07-28) (64 yosh)
Toshkent viloyati Qibray tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi tarixchi olim
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (1981)
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi 1991-yilda „1946—1960-yillarda Oʻzbekiston ishchilarining moddiy farovonligidagi oʻzgarishlar“ mavzusida nomzodlik, 2000-yilda esa „Oʻzbekiston milliy ziyolilari va tarixiy jarayonlar (1917—1950-yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalari
Mukofotlari

Baxtiyor Vaxapovich Hasanov (1961-yil 28-iyul) – tarixchi olim, tarix fanlari doktori (2000), professor (2011). Turon fanlari akademiyasi akademigi (2022). Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy Kengashi aʼzosi[1]. Toshkent shahar kengashi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, „Shahidlar xotirasi“ jamoat fondi raisi, Oʻzbekiston tarixchilari jamiyati raisi[2].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Hasanov 1961-yil 28-iyulda Toshkent viloyati Qibray tumanida tavallud topgan. Oʻquvchilik yillarida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 1981-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan[3].

Mehnat faoliyatini 1981—1986-yillarda Toshkent shahridagi 121-oʻrta maktabda tarix, jamiyatshunoslik va huquq fanlari oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 1986—1991-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida ilmiy xodim, 1991—1992-yillar Toshkent davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

1992—2007-yillarda Toshkent Oliy Militsiya maktabi (1994-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi)da oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Oʻzbekiston tarixi kafedralari boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Nafaqadagi polkovnik. 2007—2008-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Tarix kafedrasi“ professori lavozimida faoliyat yuritgan.

Baxtiyor Hasanov 2008-yildan to hozirgi kungacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori hamda „Shahidlar xotirasi jamoat fondi“ raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatmoqda.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Hasanov 1991-yilda „1946—1960-yillarda Oʻzbekiston ishchilarining moddiy farovonligidagi oʻzgarishlar“ mavzusida nomzodlik[4], 2000-yilda esa „Oʻzbekiston milliy ziyolilari va tarixiy jarayonlar (1917—1950-yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Bir necha xalqaro anjumanlar ishtirokchisi. 100 dan ortiq nashrlari mavjud:

  • Povishenie jiznennogo urovnya rabochego klassa Uzbekistana (1945-kones 50-x godov), Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar jurnali, 1988 yil 5 son.
  • Zarabotnaya plata kak faktor povisheniya jiznennogo urovnya rabochego klassa Uzbekistana (1946-1950 gg.) Izdatelstvo „FAN“ AN Uz SSR. 1991 yil.
  • Oʻzbek badiy adabiyotining tarixiy manba sifatidagi oʻrni.//Ijtimoiy-siyosiy fanlarni oʻzbek tilida oʻqitishning baʼzi muammolari. 1993 yil.
  • Politicheskaya istoriya Uzbekistana
  • Metodicheskie rekomendatsii i primernaya tematika kontrolnix rabot po kursu „Polit.istoriya Uzbekistana“ dlya slushateley 1-kursa FZO. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oliy Maktab. 1993 yil.
  • Oʻzbekiston siyosiy tarixi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oliy Maktabi, 1993.
  • Oʻzbek xalqining kelib chiqishi va shakllanishi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oliy Maktabi, 1993.
  • Oʻzbekiston siyosiy tarixi fanidan nazorat ish mavzulari va uslubiy maslahatlar. (sirtqi fakultet tinglovchilari uchun). OʻzR IIV Oliy Maktab. 1994.
  • „Oʻzbekiston siyosiy tarixi“ fanini oʻrganishning ish rejasi va uslubiy maslahatlari. OʻzR IIV Oliy Maktab. 1994.
  • Turkiston shoʻrolar davrida: Ushalmagan orzular. Oʻquv qoʻllanma. OʻzR IIV Oliy maktabi. 1994.
  • Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati va Oʻrta Osiyoning bosib olinishi. OʻzR IIV Akademiyasi, 1995.
  • „Oʻzbekiston tarixi“ fanini oʻrganishning ish rejasi va uslubiy maslahatlar. OʻzR IIV Akademiyasi. 1995.
  • Rabochiy plan i metodicheskie rekomendatsii po izucheniyu kursa „Istoriya Uzbekistana“. OʻzR IIV Akademiyasi. 1995.
  • Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy rivojlanishining oʻziga xos hususiyatlari. (er.av. IV asrgacha). Risola. OʻzR IIV Akademiyasi. 1996.
  • „Oʻzbekiston tarixi“ fanidan nazorat ishlari mavzulari va uslubiy maslahatlar (sirtqi bakalavriyat tinglovchilari uchun). OʻzR IIV Akademiyasi. 1996.
  • „Oʻzbekiston tarixi“ fanini oʻrganish boʻyicha uslubiy materiallar . 1997.
  • V—IX asrlarda Markaziy Osiyodagi tarixiy va siyosiy jarayonlar. OʻzR IIV Akademiyasi, 1997.
  • „Ravzat ar-rizvon“ – Buxoro tarixi boʻyicha muhim manba. –Insoniyatning ilmiy va madaniy – uchinchi ming yillikga. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga bagʻishlangan xalqaro simpozium tezislari . 1997.
  • K probleme izucheniya istorii intelligensii Uzbekistana. 1917-nachala 50-x gg. // Oʻzbekistonning yangi tarixi. „Konseptual-metodologik muammolar“ mavzuidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari. 1998.
  • K istorii stanovleniya natsionalnoy intelligensii Uzbekistana //Materiali Mejdunarodnoy nauno-teoreticheskoy konferensii „Sostoyanie i perspektivi razvitiya etnopsixologii i etnopedagogiki v stranax SNG“ (26-27 noyabrya 1998 g). 1998.
  • Oʻzbekiston tarixi. Dastur. OʻzR IIV Akademiyasi. 1998.
  • Politika Sovetskoy vlasti po otnosheniyu k natsionalnoy intelligensii Turkestana. Bishkek. Nauka i novie texnologii. 1998.
  • Erkin tafakkur mevalari. Gulistan № 4. 1998.
  • Jadidchilik va milliy mustaqillik. Fan va turmush. № 6. 1998.
  • Milliy oʻqituvchi kadrlar: yangi va eski maktablar. Xalq taʼlimi. № 6. 1998.
  • Siyosiy qatagʻon va madaniy inqilob. Hayot va Qonun. № 8. 1998.
  • K probleme izucheniya istorii intellegensii Uzbekistana 1917 nachala 50-x g.g. Oʻzbekistonning yangi tarixi. Konseptual metodologik muammolar. Respublika ilmiy nazariy anjumani. 1999.
  • Shkoli i uchebnie zavedeniya Uzbekistana v do oktyabrskoy i posle oktyabrskoy periodi. Prepodavanie yazika i literaturi. № 1. 1999.
  • Oʻzbekiston tarixini oʻrganish boʻyicha uslubiy materiallar. OʻzR IIV Akademiyasi. 1999.
  • Milliy ziyoliy xodimlar tayyorlash hususiyatlari. Xalq taʼlimi. № 2-3. 1999.
  • Ziyoliylar va tarixiy taraqqiyot. Muloqot. № 1. 1999.
  • Metodicheskie rekomendatsii po izucheniyu kursa „Istoriya Uzbekistana“. OʻzR IIV Akademiyasi. 1999.
  • Ziyoliylar ahvoli: tarix va taqdir. Fan va turmush. № 3. 1999.
  • Oʻzbekistonda xalq taʼlimi hamda fan sohasida sovet siyosati va milliy ziyoliylar. (20-yillarning 2-yarim 50-yillar boshlari). // Oʻzbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar. Davriy toʻplam. № 2. 1999.
  • Milliy madaniyatimiz taqdiri. Guliston. № 4. 1999.
  • Oʻzbek xalqining etnik shakillanishi. //Oʻzbekiston tarixi 1-qism. 2000.
  • Markaziy Osiyodagi dastlabki davlat tuzilmalari, ulardagi ijtimoiy hayotning oʻziga xosligi. //Oʻzbekiston tarixi 1-qism. 2000.
  • 1-fakultetning (kunduzgi bakalavriat) tinglovchilari uchun „Oʻzbekiston tarixi“ fanini oʻrganish boʻyicha uslubiy materiallar. 2000.
  • Mustabid tuzumning oʻzbek xalqining madaniy-maʼnaviy merosiga boʻlgan xuquqini cheklash siyosati. 2000.
  • Natsionalnaya intelligensiya uzbekistana i istoricheskie protsessi 1917-nachala 50-x godov. 2000.
  • Repressii protiv intelligensii Uzbekistana v 20-30-e godi i ix posledstviya. Oʻzbekiston tarixi № 1,2. 2001.
  • Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. 2001.
  • Maʼnaviyat asoslari. 2001.
  • Teoriya i praktika postroeniya demokraticheskogo obshestva v Uzbekistane. 2001.
  • Osnovi duxovnosti. 2001.
  • Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida Oʻzbekiston milliy boyliklarning oʻzlashtirilishi. 2001.
  • Bez istoricheskoy pamyati net buduщego. Oʻz MU xabarlari № 1, Toshkent. 2002.
  • Prodoljenie repressivnoy politiki v oblasti kulturi (40-e – 50-e godi). Xuquq № 4. 2002.
  • Tarixning nomaʼlum sahifalari. —Toshkent: Oʻqituvchi, 2010.

Baxtiyor Hasanov 2011-yil "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni, 2016-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni, 2017-yil „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni, 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil“ esdalik nishoni, 2022-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.

  1. „Hasanov Baxtiyor Vaxapovich“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  2. „O‘zbekiston tarixchilari jamiyati“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  3. Ўзбекистон тарихчилари (библиографик маълумотнома), биринчи жилд. Тошкент: Fan va texnologiya, 2012. — 210-bet. 
  4. Хасанов Б.В.. Изменения жизненного уровня рабочего класса Узбекистана в 1946-1960 гг.: автореферат дис. ... кандидата исторических наук: 07.00.02., Ташкент, 1991 — 22-bet.