Batolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Batolit (yun. bathos — chuqurlik, lithos — tosh) — chuqurlikda yotuvchi magmatik togʻ jinslarining joylanish shakli. B. asosan granitoidlarning yirik massivlari (qariyb 200 km²)dan iborat. Yer pusti burmali oblastlarining choʻkindi qatlamlari orasida yotadi. Nurash natijasida B.ning ayrim qismi baʼzan yer yuziga chiqib qoladi. Geofizik tadqiqotlar natijasida barcha granit jismlarning shaklan turlicha joy olishi va chegaralangan qalinlikka ega boʻlishi aniqlangan. Eng yirik B.lar Amerikaning Kordilyera togʻlarida, Oʻzbekistondagi togʻlar (Nurota, Qoratepa, Zirabuloq, Hisor, Chatqol-Qurama)da hamda Qozogʻiston, Ukraina, Kavkazda bor. B. tarqalgan r-nlarda volfram, molibden, oltin, temir konlari uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil