Baqatishlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Baqatishlar (Ranodon) - burchaktishlilar oilasiga mansub suvda hamda qurukdikda yashovchilar urugʻi. Tanglayidagi tishlari baqalarnikiga oʻxshash koʻndalang qisqa qator boʻylab joylashgan. Oldingi oyoqlarida 4 tadan, orqa oyoqlarida 5 tadan barmoqlari boʻladi. Tanasi yashil-kulrang yoki qoʻngʻir tusda, uz. 25 sm gacha. B. togʻlardagi tubi toshloq soylarda 2500 m gacha balandlikda tarqalgan. Har xil hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Kunduzi toshlar ostiga bekinib oladi, kechasi faol ov qiladi, baʼzan quruqlikka ham chiqadi. Urgʻochisi 50 — 100 ta tuxum qoʻyadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. 5 yilda voyaga yetadi. 2 turi maʼlum. Sichuan B.

(R. wushahensis) Xitoyda tarqalgan. Yettisuv B. (R. sibiricus)HHHr uz. 20 sm. Jun-gʻor Olatovi (Tyanshan) endemigi Kizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil