Bandi kushod masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bandi kushod masjidi - Qashqadaryo viloyati Kosonsoy tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (taxminan 16- a.). Paxsadan, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (15,1 x 12,4 m), tomi 6 gumbaz (diametri 2,5 — 2,9 m)li. Sharqiy tomonga qaragan bosh tarzi sodda, ayvonli. Masjid xonaqohi (15x9 m) ikki ustunli, bezaksiz. Devori ichkari va tashqaridan somonli loy bilan suvalgan. Masjid oʻrta asrlardagi qishloqqa xos bino namunasi sifatida muhim. Bir necha marta taʼmir qilingan, dastlabki bezaklari saqlanmagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil