Bali
Qiyofa
![]() | |
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 5632,86 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 3031 m. |
Eng baland nuqtasi | Mount Agung |
Ma'muriyat | |
Davlat | Indoneziya |
Mintaqa | Bali |
Demografiya | |
Aholisi | 4 404 300 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Bali — Malayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond o.lari toʻdasida. Maydoni 5,6 ming km². Aholisi 2 mln. kishidan ortiq. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi togʻli, sharqiy qismida Agung vulkani (balandligi 3142 m) bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogʻin (yiliga 1500 mm va undan ortiq). Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. B. Indoneziya madaniyati va sanʼatining qad. markazi. B.da meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan "Qirollar mozori" (11-asr) — qoyaga oʻyib ishlangan fasadlar, "Fil gʻori" (13-asr) va boshqa Orolga koʻplab turistlar kelib turadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |