Bakalyao Alonso Yusnel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yusnel Bakalyao Alonso
Tugʻilgan sanasi: 21-iyun 1988-yil
Tugʻilgan joyi: Kuba Коlon, Маtansas
Unvoni: grossmeyster (2012)

xalqaro master (2010) FIDE masteri (2005)

Maksimal reytingi: 2583 (2012-yil iyul)
Hozirgi reytingi : 2590

Yusnel Bakalyao Alonso ( ispancha: Yusnel Bacallao Alonso; 1988-yil 21-iyun, Kolon, Matanzas) — kubalik shaxmatchi, grossmeyster (2012).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalyao o‘zining birinchi xalqaro masterlik ballini 2008-yilda ,,Monkada Kubogi”da qo‘lga kiritgan va oradan ko‘p o‘tmay o‘zi tug‘ilgan Matansas provinsiyasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda grossmeyster Yuriy Gonsalesni ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egallagan. 2009-yilda Kuba milliy chempionatining final bosqichiga qadar yetib borib, xalqaro master unvoni uchun zarur bo‘lgan uchinchi ballni qo‘lga kiritgan va sensatsiya ko‘rsatib, 4-o‘rinni egallagan (ushbu turnirda qo‘shimcha yana bitta o‘rin ajratilgan, biroq 4-o‘rin g‘oliblar qatoriga kiritilmagan[1]). Shu tariqa, Bakalyao xalqaro master unvonini olmagan holda birinchi marta grossmeyster normasini (talablarini) bajargan shaxmatchiga aylangan. (Ayni paytda Bakalyao talab qilinadigan standartning 11 tasini bajarishga erishgandi)[2].

2010-yilda xalqaro masterga aylangan Bakalyao 2012-yilda grossmeyster unvonini olgan. Bu La Roda (Ispaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro turnirda g‘alaba qozonganidan keyin yuz bergan. Bu turnirda Bakalyao qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha undan oldinda bo‘lgan[3] kubalik grossmeysterlar Sergey Fedorchuk va Xulio Granda bilan birinchi o‘rinni bo‘lishgan. Muvaffaqiyatli o‘yinlari Bakalyaoga Istanbuldagi Shaxmat Olimpiadasida[4],Kuba jamoasiga kirishga imkon bergan va u oltita o‘yinda to‘rt ochko to‘plagan. O‘sha yili Bakalyao Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etib, so‘ngi turgacha medallar uchun davogarlar qatorida bo‘lgan, ammo yakunda atigi 11-26 o‘rinlarni egallagan[5]. 2013-yil boshida Bakalyao yana Kuba chempionatida ishtirok etgan, biroq yana to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalanib, shohsupaga ko‘tarila olmagan[6].

2017-yilda mutlaq qit’a chempionatida yettinchi o‘rinni egallab, Bakalyao (Lasaro Bruson va Yuriy Gonsales bilan birga) sentyabr oyida Tbilisida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan[7].

Sportchining natijalar jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shahar Turnir + = Natija O‘rin
2009 yil Las-Тunas „Campeonato Nacional de Ajedrez Masculino Final 2009“ 4 2 3 9 dan 5½ [8]
Моnkаdа-va-Reshak „XVII Open Internacioal d'Escacs Ciutat de Montcada 2009“ 5 0 4 9 dan 7 [9]
2011 yil Barselona „XIII Torneig Internacional Sant Marti 2011 Grup A“ 5 0 4 9 dan 7 [10]
2012 yil Lа-Roda „39° Torneo Internacional de Ajedrez“ 6 0 3 9 dan 7½ [11]

Reyting o‘zgarishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elo oʻzgarishi[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lázaro Bruzón es el Campeón Absoluto de Cuba 2009“ (es). Noticias de ajedrez (29/01/2009). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  2. Nibaldo Calvo Buides. „Yusnel Bacallao, Nuevo GM Cubano!“ (es). Simplemente ajedrez (2011/07). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  3. „El cubano Yusnel Bacallao gana el Abierto Internacional de La Roda“ (es). Cuba Encuentro (2012-yil 4-sentyabr). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  4. Michel Yglesias. „Yusnel Bacallao llegó al olimpo del ajedrez“ (es). Torre 64 (12 de julio de 2012). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  5. Albert Silver. „Mar del Plata 2012 : The banana ate the monkey“ (en). Chess News (2024-yil 23-oktyabr). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  6. „El GM Isán Ortiz ganó el Campeonato Nacional de Cuba 2013“ (es). Chessdom (2013-yil 19-fevral). 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  7. Jorge C. de la Paz. „Bruzón y Bacallao vuelan directo a Tbilisi“. Granma (18 de junio de 2017). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-avgust.
  8. „1-я норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  9. „2-я норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  10. „3-я норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  11. „норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  12. Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]