Bahrom Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahrom Yoqubov
Tavalludi 1-aprel 1961-yil
Vafoti 11-mart 2021-yil(2021-03-11)
(59 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti
Kasbi rejissor
Faoliyat yillari 1989—2021
Millati oʻzbek

Bahrom Yoqubov (1961-yil 1-aprel2021-yil 11-mart, Toshkent[1]) — oʻzbek kinorejissori, postanovkachi rejissor va senariy muallifi. „Oʻzbekfilm“ va „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyalarida rejissor yordamchisi vazifasida ishlagan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodiy faoliyatini 1989-yil „Yosh yozuvchining kundaligi“ nomli qisqa metrajli filmni suratga olishdan boshlagan. Faoliyati davomida „Romeo va Julyetta“, „Sarvinoz“ (2004), „Sarvinoz-2 — baxt uchun million“, „Fotima va Zuhra“ (2005), „Sugʻdiyona“ (2006), „Super kelinchak“ (2008), „Tashlandiq“, „Ichkuyov“ (2009), „Majruh“ (2010), „Yondiradi — kuydiradi“ (2011), „O Maryam, Maryam“ filmlarini suratga olgan[1].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film nomi Ampluasi Bosh rol ijrochisi
1989 Yosh yozuvchining kundaligi
(qisqa metrajli film)
Rejissor
2004 Sarvinoz Rejissor, senariynavis Shahzoda,
Ulugʻbek Qodirov
2004 Romeo va Julietta yoxud laʼnatlangan sevgi Rejissor, senariynavis Shohruhxon,
Zarina Nizomiddinova,
Adiz Rajabov,
Ubaydulla Omon,
Indi
2005 Sarvinoz-2: baxt uchun million Rejissor, senariynavis Sevinch Moʻminova,
Ulug‘bek Qodirov
2005 Fotima va Zuhra Rejissor, senariynavis Shahzoda,
Gulchehra Eshonqulova,
Ulug‘bek Qodirov
2006 Sug‘diyona Rejissor, senariynavis Sogdiana,
Farruh Soipov
2007 Zumrad va Qimmat Rejissor, senariynavis Shahzoda,
Dilnoza Kubayeva
2008 Tashlandiq Rejissor, senariynavis Shahriyor
2008 Super kelinchak Rejissor, senariynavis Diana Yagofarova,
Adiz Rajabov
2009 Ichkuyov Rejissor, senariynavis Diana Yagofarova,
Adiz Rajabov
2009 Zirapcha Rejissor Diana Yagofarova,
Samandar Yagofarov
2010 Majruh Rejissor, senariynavis Ulug‘bek Qodirov,
Shahzoda
2011 Jodugar Rejissor, senariynavis Ulug‘bek Qodirov,
Lola Yo‘ldosheva
2011 Yondiradi — kuydiradi Rejissor, senariynavis Lola Yo‘ldosheva,
Ulug‘bek Qodirov
2012 O Maryam, Maryam Rejissor Shahzoda,
Ulug‘bek Qodirov
2012 Men yulduzman Rejissor Ulug‘bek Qodirov,
Zarina Nizomiddinova
2013 Fotima Rejissor Zarina Nizomiddinova,
Umid Iskandarov,
Tohir Saidov
2014 Tungi mehmon Rejissor Matyoqub Matchonov,
Sharof Muqimov,
Saida Saidbekova,
Sanjar Shodiyev
2015 Qochqin Rejissor, senariynavis Alisher Usmonov,
Behzod Muhammadkarimov,
Shahzoda Muhammedova,
Bobur Yo‘ldoshev,
Mirza Azizov
2016 Boyvachcha kuyov Rejissor, senariynavis Alisher Usmonov,
Yulduz Rajabova,
Zarina Nizomiddinova,
Asqar Hikmatov,
Saida Rametova
2017 Majruh 2 yoxud Mister Amerika Rejissor, senariynavis Alisher Usmonov,
Sevara Soliyeva,
Bahodir Murodov,
Mirza Azizov
2020 Oʻzbekcha ajrashish Rejissor

Nizoli vaziyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil Bahrom Yoqubov va uning rejissorligidagi „Super kelinchak“ filmida bosh rollardan birini ijro etgan Diana Yagofarovaning jinsiy aloqa qilgan videosi internetda tarqaldi. Ushbu video jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab boʻldi, hatto rejissor aktrisaga videoni koʻrsatib „Super kelinchak“ filmida gonorarsiz suratga tushishga majburlagan, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu voqeadan keyin Diana Yagofarova sanʼatdan ketdi va oʻn yilga yaqin hech kimga intervyu bermadi[2]. Bahrom Yoqubov esa bu videoni uyushtirilgan montaj deb atadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]