Shohruhxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yo'ldoshev Alisherovich Shohruhxon
Asl ismi Shohruhxon
Tavalludi sanasi 29-may 1985 (1985-05-29) (33 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Qoʻshiqchi va aktyor
Boʻyi 174 sm
Yoʻnalish pop

Shohruhxon Yo'ldoshevoʻzbek kino aktyori va qoʻshiqchisi. Tinglovchilari orasida shunchaki Shohruhxon nomi bilan mashhur. Shohruhxon oʻzbek va rus tillarida qoʻshiq kuylaydi. O'zbekistonning taniqli aktyor va honandasi

Hayoti[tahrir]

Shohruh Yo'ldoshev Alisherovich 1985-yil 29-mayda Toshkentda tugʻilgan. Shohruhxon bolaligidan Ozodbek Nazarbekovning "Seni ko'rdim qaydan ham" qoʻshiqlarini kuylab yurgan.

Bahor faslining songgi kunlarida, ya’ni 29 mayda oʻziga xos ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan ham xonanda ham aktyor Shohruhxon oʻzining tavallud ayyomini nishonlaydi. Oʻtayotgan yilda Shohruhxon oʻzining navbatdagi konsert dasturini muhtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etdi. Shu bilan birga rejissor Zebo Navroʻzovaning «Quvgʻin» filmida oʻziga xos obrazni talqin qildi. Shohruhxonning muxlislari uning ijrosidan koʻngillari toʻlganini ta’kidlab o’tishdi. Yil soʻnggida esa huddi shu rejissor «Yigitlar» filmini ham keng ommaga havola etdi. Bu filmda Shohruhxon faqatgina saundtrek yaratish bilan cheklandi…


Oilasi[tahrir]

  • Alisher Yoʻldoshev (otasi)
  • Zebo Navroʻzova (Yoʻldosheva) (onasi)
  • Shuhrat Yoʻldoshev Alisherovich (ukasi)
  • Muhammad Ali Navroʻzov (Yoʻldoshev) Alisherovich (ukasi)
  • Asal Shodiyeva (rafiqasi)
  • Robiya Shodiyeva (Rahimova)
  • Shahzod Rahimov (Shahzod R)
  • Amir Rahimov Shahzodovich
  • Muhammadrizgar
  • Humora
  • Iroda (Navroʻzova, Yoʻldosheva)


  • 1. Toʻliq ism–sharifi Yoʻldoshev Shohruh Alisherovich
  • 2. Laqabi yoki tahallusi Shaxtyor
  • 3. Tugʻilgan joyi va vaqti Toshkent shahri, 29 may 1985 yil
  • 4. Vazni 65 kg
  • 5. Boʻyi 174 sm
  • 6. Millati Oʻzbek
  • 7. Harakteri Ogʻir
  • 8. Oilaviy sharoiti Uylangan (Asal Shodiyeva)
  • 9. Yoshlikdagi hato uchun eng ogʻir jazo Kaltak
  • 10. Birinchi bo’sa 12 yoshida
  • 11. Birinchi bor oʻzi tayyorlagan taomi Kartoshka qovurgan (7 yoshida)
  • 12. Sevimli aktyor va aktrisasi Farruh Soipov, Ulugʻbek Qodirov, Adiz Rajabov va Dilnoza Kubayeva
  • 13. Sevimli xonandasi Ozodbek Nazarbekov, Samandar, Yulduz Usmonova, Rashid Xoliqov
  • 14. Sevimli filmi «Tangalik bolalar»
  • 15. Sevimli qoʻshigʻi Ozodbek Nazarbekovning «Seni koʻrdim qaydan ham»
  • 16. Sevimli taomi Palov
  • 17. Sevimli ichimligi Olma va olcha sharbati
  • 18. Sevimli sport turi Muaytay
  • 19. Sevimli mashgʻuloti Uxlash
  • 20. Sevgan insoni Bor
  • 21. Foydalanadigan atiri «Versachi» va «Chanel»
  • 22. Shiori Sabr qilib, olgʻa intilish
  • 23. Mukofotlari Yoʻq (Oliy mukofot muxlislar e’tibori)
  • 24. Koʻp ishlatadigan soʻzi Mayli
  • 25. Shaxsiy avtomobil markasi «Nexia» kulrang (stalnoy) rangda
  • 26. Agarda honanda boʻlmaganida Tadbirkor boʻlardi
  • 27. Orzusi Koʻp
  • 28. Armoni Bor
  • 29. Shaxsiy e-mail manzili Yoʻq
  • 30. Shaxsiy sayti Yoʻq

Kliplari[tahrir]

Yil Qoʻshiq Rejissor
2006 „Sms“
„Nigorim“
„Senda edi qalbim“
„Sensiz“
„Moda“
2007 „Boʻrilar“ (Shahriyor bilan)
„Qalam qoshli“
„Aprel-may…“
„Yana sogʻinay“
2008 „Quvgʻin“ (Shahriyor bilan)
2009 „Leylam“
„Parvona“
2010 „Cancion Del Mariachi (Los Lobos qoʻshigʻiga kaver)“ (Ulugʻbek Rahmatullayev bilan)
„Gulilolam“ Nozim Jumayev
„Keldim“
„Dajonam“ Nozim Jumayev
„Manzillar“ (Dineyra bilan) Nozim Jumayev
2011 „Muhabbatnoma“ Nozim Jumayev
Narimon Sultonxoʻjayev
„Chorla“ Narimon Sultonxoʻjayev
„Soʻnggi qoʻngʻiroq“
„Qasos“ (Shahnoz bilan)
„Zoʻrsan“
„Alvido“ Nozim Jumayev
Narimon Sultonxoʻjayev
2012 „Yigʻlar osmon“(Lola bilan)
2013 „Shoshma“ (Shahzoda bilan) Sarvar Isaev
2014 „Mening qoʻshigʻim“ Baxtiyor Latifxoʻjayev
Rustam Murodov
Yolqin Toʻychiyev
„Qoʻgʻirchoq“ Yodgor Nosirov
„Men seni sevaman“ Timur Primqulov
„Mening qoʻshigʻim“
2015 „Yulduzlar“ Yodgor Nosirov
„Komila qiz“(Muhriddin Xoliqov qoʻshigʻiga kaver) Sarvar Isaev
„Arazlama“
2016 „Yigʻlama“
„Darak yoʻq“
„Yaxshi koʻraman“
„Allo“ (Shahzoda bilan) Leibniz
„Aldamadim“ Rustam Murodov
Dilmurod Agzamov
2017 „Yigʻlama muhabbat“ (Shahriyor va Jahongir Foziljonov bilan) (Shuhrat Hakimov qoʻshigʻiga kaver)
„Parizod“ (Muhriddin Xoliqov qoʻshigʻiga kaver)
„Yoningdaman“ Dilmurod Agzamov
„Jonim dadam“
„Menga farqi yoʻq“

Filmografiyasi[tahrir]

Aktyor[tahrir]

Film
Yil Film Rol Izoh
2006 Romeo va Julʼetta yoxud laʼnatlangan sevgi Ravshan / Romeo
Yarim baxt Shohruhxon
Voy dod sumalak Shohruhxon Musiqiy film
2007 Aprel-may…
Boʻrilar Baxtiyor
2008 Quvgʻin Baxtiyor
2009 Shaharlik olifta
2010 Oxirgi qarz Baxtiyor
Ada emas, dada! (Tohir va Zuhra 2 yangi talqin) Shohruhxon Musiqiy film
Sogʻinch Ozod
2012 Erka kuyov Toshpoʻlat
2013 Yor-yor qani? Shohruhxon
Sen ketma Shohruhxon
2017 Sayl Shohruhxon Musiqiy film

Qiziqarli faktlar[tahrir]

  • E’tiboringizga Germaniyada mashhur hisoblangan “en:Leibniz-Keks” pechenyesining 125 yilligiga bag‘ishlab suratga olingan reklama roligini havola qilamiz. Rolik 2016-yil 10-aprelida YouTube’ga qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar 4,2 milliondan ortiq marta ko‘rilgan:

Shahzoda va Shohruxxon tomonidan kuylangan “Allo” qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qiling. Bu klip “Leibniz”ning reklamasi chiqqanidan qariyb olti yarim oy o‘tib — 2016-yil 24-oktabrida YouTube’da e’lon qilingan, lekin unga juda ham o‘xshash.

  • Shohruhxonning ukasi Muhammad Ali Navroʻzov oʻzbek filmlarida rol oʻynagan: Yigitlar, Sogʻinch, Dilxiroj, Boʻrilar, Xato, Onaizor, Tilimdamas dilimda, Qashqir, Erka kuyov, Shaharlik olifta, Qasamyod, Mehribonim, Quvgʻin.

Manbalar[tahrir]