Sevinch Moʻminova
| Sevinch Moʻminova | |
|---|---|
Sevinch Moʻminova | |
|
| |
| Tavalludi |
30-iyun 1982-yil |
| Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa, rejissor |
| Janr | Pop |
| Faoliyat yillari | 1998 — bugun |
| Mukofotlari |
|
Sevinch Moʻminova Tolibovna (30-iyun, 1982-yil) — oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. Sevinch oʻzbek va ozarbayjon tillarida qoʻshiq kuylaydi. Sevinch Moʻminova bir nechta oʻzbek filmlarida rol oʻynagan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sevinch Moʻminova 1982-yil 30-iyunda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoʻshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan soʻng xonanda poytaxtimizdagi Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. Onasi Ozarbayjonlik[1].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2010-yili Sharof Muqimov bilan turmush qurdi. Leyla ismli qizi bor. Juftlik ajrashgan.
Sharof Muqimov uylangan, bir o‘g‘li bor.
Eng mashhur qo‘shiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida MuzFM.org saytida Sevinch Mo‘minovaning 10 ta eng mashhur qo‘shiqlari ro‘yxati keltirilgan:
- Ko‘ylagim
- Va’da berma
- Olib ket
- Yolg‘onchi yor
- Bolajonim (Leyla Muqimova bilan)
- Oshiqam
- Baxtim
- Qo‘rqma qalbim
- Zolim
- Ne bo‘ldi
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sevinch Muqimova "Toʻlin oy"[2] deb nomlangan ilk qoʻshigʻini "Navroʻz" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular: "Toʻlin oy", "Sogʻindim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat Oʻzbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Qirgʻiziston davlatlarida ham mashhurlikni qoʻlga kiritdi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kliplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Qoʻshiq | Rejissor |
|---|---|---|
| „Yolgʻonchi yor“ | ||
| „Toʻlin oy“ | ||
| „Sogʻindim“ | ||
| „Sevasan meni“ | ||
| „Yuragim nolasi“ | ||
| 2005 | „Tango“ | |
| 2005 | „Hayot“ | |
| 2006 | „Olib ket“ | |
| 2006 | „Yagonam“ | |
| 2006 | „Sevib yashayman“ | |
| 2010 | „Bu hayot“ (Sharof Muqimov bilan) | After-Media |
| 2015 | „Koʻylagim“ | |
| 2015 | „Taqdir“ | |
| 2015 | „Ishongin“ (Sharof Muqimov bilan) | |
| 2016 | „Doʻqi-doʻqi“ | |
| 2016 | „Kölgəm qədər“ | |
| 2017 | „Dil gavhari“ | Ikrom Ali |
| „Sensiz“ (Vohid Isohov bilan) | ||
| 2020 | „Ne boʻldi“ |
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktrisa
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Film | Rol | Izoh | Rejissor |
|---|---|---|---|---|
| 2002 | Dilxiroj | Sanam | ||
| 2005 | Baxt uchun million! (Sarvinoz 2) | Sarvinoz | Bahrom Yoqubov | |
| 2006 | Sunami | Sevinch | ||
| 2015 | Baxt ortidagi dard | Shuhrat Mavlonov |
| Yil | Serial nomi | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2009 | Qish ertagi | Muqaddas |
| Yil | Qoʻshiq nomi | Artist |
|---|---|---|
| ? | „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ | Oxunjon Madaliyev |
| 2011 | „O Layli“ | Sharof Muqimov |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fan page of Sevinch Muminova in Facebook
- Sevinc Muminova IMDb.com da