Behzod Muhammadkarimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Behzod Muhammadkarimov
Fayl:Behzod Muhammadkarimov.jpg
Tavalludi 23-mart 1964-yil (1964-03-23) (60 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1984-yildan
Mukofotlari

Behzod Muhammadkarimov (1964-yil 23-mart tugʻilgan) - Oʻzbekistonlik teatr, kino va dublyaj aktyori.[1][2] Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutini tamomlagan. 1988-yildan buyon Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. 2000-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan.[3][4]

Teatrda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy teatrda sahnalashtirilgan „Alisher Navoiy“da Navoiy, „Mehrobdan chayon“da Anvar, „Bir koshona sirlari“da Rustam, „Okeandagi yetti faryod“da Santiliano, „Mirzo Ulugʻbek“ Abdul latif, „Imkon“da Rustam, „Senga bir gap aytaman“da Ergash, „Yaralangan oqqush nolasi“da Nodir, „Omad biz tomon“da Boʻri polvon, „Kunduzsiz kechalar“da Oybek, „Xotinlar gapidan chiqan xangoma“da Komil, „Qirol Lir“da Edmond, „Buratino“da Karlo ota, „Temur“da Bunyod kabi koʻplab spektakllarda bosh qaxramonlarni ijro etib tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.

Kinoda[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Oʻzbek milliy kino va teleseriallarda koʻplab muhim obrazlarni yaratgan. Jumladan: „Buyuk Amir Temur“da Amir Temur, „Oʻtkan kunlar“da Otabek, „Layli va majnun“da Majnun, „Shaytanat“da Erkin. „Oq bino oqshomlari“da Avazbek, „Ixtiyorsiz qotil“da Otabek, „Qoʻriqxona“da Behzod, „Soʻngi nafas“da Ota, „Nagdaun“da Tair, „Buyuk turon“da Turksanf, „Chiptasiz“da Oʻrazboy kabi rollarni ijro etgan.[5][6][7][8][9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/m/post/7805/bio/
  2. https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/m/post/7805/works/
  3. „УП-2704-сон 25.08.2000. О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер“. LexUz.
  4. http://kino-cccp.net/publ/12-1-0-4431
  5. https://daryo.uz/2020/06/13/amerikada-yillab-quyoshni-kormay-ishlardim-behzod-muhammadkarimov-aqshda-mardikorlik-qilgan-kunlarini-esladi-video/
  6. arxiv nusxasi, 2018-08-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-05
  7. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
  8. https://www.savol-javob.com/behzod-muhammadkarimov-haqida-oilasi-instagram-rasmlari/
  9. https://audiobook.uz/collections/behzod-muhammadkarimov