Bahoiy dinida Xudo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismi A'zam - Bahoiylikda Xudo ismining ramzi . Bu arabcha matnning kalligrafik ko'rinishidir: يا بهاء الأبهى, "Yo Sholilarning eng Shonlisi" deb tarjima qilingan.

Bahoiylikda Xudo tushunchasi, butun borliqning manbai bo'lmish "anglab bo'lmaydigan mohiyat"dan iboratdir va Uni insoniy fazilatlarni idrok etish orqali bilish mumkin. Bahoiy E'tiqodi monoteizm va dispensatsionizm an'analariga amal qilib, Xudoning jismoniy shakli yo'qligiga, ammo vaqti-vaqti bilan ruhiy tarbiya manbalari bo'lgan inson qiyofasidagi ilohiy elchilarni yuborib turishiga ishonadi. Boshqa bir ma'noda, Bahoiylarning Xudo haqidagi ta'limoti panenteistik ham bo'lib, jamiyki narsalarda Xudoning alomatlarini ko'radi, lekin Xudoning realligini moddiy dunyodan yuksak deb biladi.[1][2]

1921-1957 yillardagi din rahbari bo'lgan Shog'iy Effendi Xudoni "shaxsiyatly Xudo, anglab bo'lmaydigan, erishib bo'lmaydigan, barcha Zuhurlarning manbai, abadiy, hamma narsani biluvchi, hamma joyda mavjud va qudratli" deb ta'riflagan.[3]

Bahoiy taʼlimotiga koʻra, Xudo insoniyatga Oʻz irodasi va maqsadini inson tarixi davomida dinlarga asos solig kelgan paygʻambarlar va elchilar boʻlmish “Xudoning Mazharlari” deb nomlanuvchi vositachilar orqali yetkazadi. Ushbu Mazharlarni qabul qilish odamlarga Xudoga yaqinlashish va ruhiy taraqqiyotga erishish imkonini beradi.

Bahoiylar Xudoning insoniy yoki jismoniy shakli borligiga ishonishmaydilar; Bahoiy oyatlarida erkak olmoshlaridan foydalanish jinsga aloqador bo'lmay, balki an'anaviy tarzda qo'llaniladi. Bitiklarda Xudoga murojaat qilish uchun turli ismlar qo'llanilgan, ular ichida eng ulug'i sifatida arabcha "Shonli" ya'ni "Baho" ishlatiladi.

Xudo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoiylar Xudoni jamiyki mavjudlikning yaratilishining mas'uli deb biladilar.[4] Ta'limot g'oyalari yagona Xudo borligini va uning mohiyatini jismoniy mavjudot olam nuqtai nazaridan mutlaqo tushunib bo'lmasligini va shuning uchun uning haqiqatini butunlay anglash imkonsiz ekanlligini ta'kidlaydilar.[5] Shunday qilib, tarix davomida insoniyat ega bo'lgan Xudo haqidagi barcha tushunchalar, inson ongi tasavvurining samarasi bo'lib, Uning asl mohiyatini aks ettirmaydi.[6]

Xudoning mohiyatini angle yetish idrokdan yiroq bo'lsa-da, ilohiy elchilarning vositachiligi orqali bilimning subordinatsiya shakli mavjud bo'lib, ular "Xudoning Mazharlari" deb nomlanadi.[7] Xudoning Mazharlari tarixning ma'lum bir davridagi insoniyat uchun Xudoning irodasi va maqsadini aks ettiruvchi ta'limotlarni ochib beradi.[8][9] Ushbu Mazharlarni tan olish orqali insoniyat o'zining yaratuvchisini bilish va sevishdek o'ziga xos maqsadini amalga oshirishi mumkin.[10] Bahoiy ta'limotida aytilishicha, ibodat, muqaddas bitiklarni o'rganish, maqtovga sazovor fazilatlarni rivojlantirish va insoniyatga xizmat qilish orqali Xudo bilan yaqinroq munosabatlarni rivojlantirish mumkin.[11][12]

Garchi inson madaniyati va dinlar Xudo va Uning tabiati haqidagi tushunchalarda bir-biridan farq qilsa-da, Bahoiylar ular baribir yagona bir zotga ishora qiladi, deb ishonishadi.[4] Tafovutlar, murosasiz deb hisoblanish o'rniga, turli dinlar paydo bo'lgan jamiyatlarning turli ehtiyojlarini maqsadli ravishda aks ettiradi deb qaraladi. Shunday qilib, biron bir e'tiqod va u bilan bog'liq bo'lgan Xudo tushunchasi, o'zining asl ijtimoiy konteksti nuqtai nazaridan boshqasidan ustun deb hisoblana olmaydi; holbuki, so'nggi dinlar mahalliy, mintaqaviy yoki global tsivilizatsiyaning o'zgaruvchan ehtiyojlari talab qilganidek, Xudo haqidagi yanada taraqqiy etgan tushunchani o'rgatishi mumkin. Shunday qilib, Bahoiylar dunyo dinlarini yagona e'tiqod tarixidagi boblar deb bilishadi, ular Xudoning Mazharlari tomonidan izchil va bosqichma-bosqich nozil qilingan. [13] Bahoulloh bu haqda shunday yozadi:

Jamiyki hamdlar Ollohning birligiga va jamiyki shon-sharaf Unga, olamning beqiyos va ulug'vor hukmdori, mustag'niy Rabbga, U butkul yo'qlikdan jamiyki ashyolarning javharini yaratdi, O'z ijodining eng nafis va nozik unsurlarini yo'qdan bor etdi, U O'z mavjudotlarini yiroqlik xorligidan va nihoyat mahv bo'lib ketish xavfidan qutqarib, ularni O'z bezavol shavkatining saltanatiga qabul qildi. Uning barchani qamrab olguvchi inoyati, keng qamrovli marhamatidan boshqa biron bir narsa bunga erisha olmagay.[14]

Bahoiy bitiklari aql, iroda va maqsad kabi qobiliyatlarga ega bo'lgan shaxsiyatly xudo haqida o'rgatsa-da, bu inson yoki jismoniy shaklni anglatmasligini aniq ta'kidlaydi.[15][16] Muqaddas Kitobda Xudo erkak olmoshlari bilan tilga olingan bo'lsa-da, bu jinsga ishora bo'lmay, an'anaga rioyadir.[17] 20-asrning birinchi yarmida Bahoiy dinining rahbari bo'lgan Shavqiy Effendi Xudoni yetishib bo'lmaydigan, hamma narsani bilguvchi, qudratli, shaxsona va idrokli deb ta'riflagan va panteistik, antropomorfik va mujassamlashgan aqidalarni rad etgan.[15]

Xudoning Mazharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqol: Xudoning Mazharlari (Bahoiylik)

Uzuk-toshi ramzi o'yilgan uzuk, bu Xudoni yaratilishi bilan bog'lashda Mazharlarning o'rnini anglatadi.

Bahoiylar Xudo O'z irodasini dunyoda zamon ehtiyojlarini aks ettiruvchi dinni o'rnatgan "Xudoning Mazharlari" deb ataladigan qator izchil ilohiy elchilar orqali insoniyatga bildiradi, deb hisoblashadi.[18] Tarix davomida Xudoning namoyon bo'lishi Krishna, Zardusht, Budda, Muso, Masih va Muhammad kabi Mazharlarni o'z ichiga olgan. Bahoiylarga binoan, Baho'ulloh bu Mazharlarning eng oxirgisidir.[19]

Xudoning Mazharlari Xudoning ilohiy sifatlarini aks ettiruvchi ilohiy ko'zgularga o'xshash bo'lib, mujassam bo'lmagan holda Xudoning jihatlarini ochib beradi.[20] Ushbu murabbiylar orqali insonlar ruhan yuksalib, Xudoga yaqinlasha oladilar.[21] Bu borada Bahoulloh aytadi:

Ey, Ollohning birligiga iymon keltirganlar, toki Uning Amri Mazharlari orasida yoki ular keltirgan Zuhurlarni tarannum etgan belgilar orasida farq o'tkazish vasvasasiga tushib qolishdan ehtiyot bo‘linglar. Gar siz ushbu haqiqatni tushunib, unga ishonganlardan bo'lsangiz, bu, darhaqiqat, Ilohiy Birlikning asl ma'nosidir. Qolaversa, ishonchingiz komil bo'lsinki, ushbu Olloh Mazharlaridan har birining ishi va harakati, yo'q, hatto har neki ularga taaluqli bo'lsa va har neki ular kelajakda Ular tomonidan namoyon etiladigan bo'lsa, hammasi Olloh tomonidan belgilab qo'yilgan va Uning irodasining aksidir.[22]

Xudoning ismlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoiy oyatlarida Xudoga Kuchli, Qudratli, Hikmatli, Beqiyos, Rahmli, Yordamchi, Ulug'vor, Hamma narsani biluvchi va Hammani Sevuvchi kabi turli unvon va sifatlar bilan murojaat qilinadi.[23][24] Bahoiylar Xudoning barcha ismlari ichida eng buyugi “Eng Shonli” yoki arabcha Baho ekanligiga ishonishadi. Baho quyidagi ism va iboralarning oʻzagi boʻlib: salomlashganda Alloh-u-Abho (Olloh eng Shonlidir), zikr Yo Bahoul-Abho (Yo Shonlilar Shonlisi), Bahoulloh (Ollohning Shon-shuhrati) va Bahoiy (Bahoning izdoshi).[25] Ular qo'llanilayotgan tildan qat'i nazar, arab tilida ifodalanadi (qarang: Bahoiy ramzlari).[26]

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bahoiylik e'tiqodi va dinning birligi
  • Xudo haqidagi tushunchalar
  • Axloqiy monoteizm
  • Xudoning mavjudligi
  • Ibrohim dinlarida Xudo
    • Xristianlikda Xudo
    • Yahudiylikda Xudo
    • Islomda Xudo
  • Bahoiy dinidagi ibodat

Iqtiboslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Momen, Moojan (2003). "The God of Baháʼu'lláh". The Baha'i Faith and the World's Religions. Oxford, UK: George Ronald. pp. 1–38.
  2. Stockman, Robert (2013). Baháʼí Faith: A Guide For The Perplexed. New York, NY: Bloomsbury Academic. ISBN 978-1-4411-8781-9.
  3. Effendi, Shoghi (1944). God Passes By. Wilmette, Illinois, USA: Baháʼí Publishing Trust. ISBN 9781508530732.
  4. 4,0 4,1 Hatcher & Martin 1985, s. 125
  5. Momen 1988
  6. Momen 1997
  7. Adamson 2007, ss. 186–188
  8. Hatcher & Martin 1985, ss. 21, 171
  9. Smith 2008, ss. 107–108
  10. Smith 2008, s. 111
  11. Smith 2008.
  12. Hayes et al. 2006.
  13. Fathea'zam 2002.
  14. Hatcher, William S.; Martin, Douglas (1985). The Baháʼí Faith (PDF). San Francisco: Harper & Row. ISBN 9780060637934.
  15. 15,0 15,1 Smith 2008, s. 106
  16. McLean & Lee 1997, s. 67,78
  17. Research Department of the Universal House of Justice (2002). The Use of the Masculine Gender in the Bahá'í Writings.
  18. Fathea'zam 2002, ss. 14–21
  19. Palmer, David; Tavangar, Temily (2021). „The Bahá'í Faith and Covenantal Pluralism: Promoting Oneness, Respecting Difference“. The Review of Faith & International Affairs. 19-jild, № 2. 29–39-bet. doi:10.1080/15570274.2021.1917138.
  20. Cole, Juan (1982). „The Concept of Manifestation in the Baháʼí Writings“. Baháʼí Studies. monograph 9-jild.
  21. Hatcher & Martin 1985, s. 190
  22. Baháʼu'lláh (1976). Gleanings from the Writings of Baháʼu'lláh. Wilmette, Illinois, USA: Baháʼí Publishing Trust. ISBN 9781618510730.
  23. Adamson, Hugh (2007). Historical Dictionary of the Baháʼí Faith. Oxford, UK: Scarecrow Press. ISBN 9780810864672.
  24. Smith 2000, ss. 164–165
  25. Faizi 2002
  26. Smith, Peter (2000). A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith. Oxford, UK: Oneworld Press. ISBN 9781851681846.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo'shimcha o'qish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Baháʼí