Kontent qismiga oʻtish

Muso

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MusoQurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Qadimgi yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda Muso „Bani Isroil“ qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn)ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Xudo Bani Isroilni Isroil qabilasini Firʼavn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida „10 vasiyat“ tosh lavhasini taqdim etadi. Muso qoʻlidagi tayoqning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar[1].

  1. „Muso“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (M-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993.