BRICS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BRIKS
Ishga tushgan sanasi 16-iyun 2009-yil
Asoschi(lar)i

 Braziliya
 Rossiya
 Hindiston
 Xitoy

 Janubiy Afrika
BRICS.svg

BRIKS (inglizcha: BRICSBraziliya (Brazil), Rossiya (Russia), Hindiston (India), Xitoy (China), Janubiy Afrika (South Africa) soʻzlarining qisqartmasi) — besh davlatdan iborat davlatlararo birlashma: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika.

Tashkilot (Davlatlar Hamdo'stligi) 2006 yil iyun oyida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida tashkil etilgan. Sammitlardan tashqari tashqi ishlar vazirlari, moliya vazirlari va boshqalar darajasida ham uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. 2009-yildan beri BRIKSga a’zo davlatlar hukumatlari har yili rasmiy sammitlarda uchrashadilar. BRIKSning so‘nggi 14-sammiti 2022-yil 24-iyun kuni amalda Xitoyda bo‘lib o‘tdi.

BRIKS a'zolari iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan yirik mamlakatlar sifatida ifodalanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganligini, ijobiy barqarorligini, ham kuchliligini va jaxon iqtisodiyoti uchun resurslari ko'pligini ko'rishimiz mumkin:

  • Braziliya - JaHon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tengligi bilan dunyoda 7- o'rinda, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga boy;
  • Rossiya - Jahon iqtisodiyotida mineral resurslarga boy shu bilan birga yalpi ichki mahsulot bo'yicha 5-6 o'rinda, eng yirik hududga ega va dunyodagi ikki yirik yadroviy kuchlardan biridir;
  • Hindiston - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik bilan dunyoda 3- o'rinda, bir milliarddan ortiq aholisi bor. Intellektual resurslarga ega, aholisi ikki xil tabaqaga bo'lingan boylar va qashshoqlar, atomi bilan katta kuchga ega;
  • Xitoy - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsuloti hamda iqtisodiyoti rivojlanishi bilan 1- o'rinda shu bilan birga dunyoda birinchi eksport («dunyo zavod"), dunyodagi eng yirik valyuta zaxiralarining ega, dunyodagi eng yirik aholiva atom elektrenergiyasiga egadir;
  • Janubiy Afrika - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik va iqtisodiyoti bilan 25-29 o'ringa ega, tabiiy resurslari asosiy kuchi .

BRICS a’zo davlatlari markaziy banki: 100 milliard dollar sarmoyali qutqaruv fondi tashkil etilgan, ushbu fondning maqsadi BRICS davlatlarini valyuta bozorlarida uchraydigan o’zgarishlardan himoya qilishdir.